Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi Barot Amonov Germaniyada Gamburg universiteti qoshidagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari institutida ilmiy amaliyot boshladi. Markaz vakili Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan 2023-yilda yosh olimlarni yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarda qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish boʻyicha eʼlon qilingan tanlovda …
BatafsilMARKAZ DЕLЕGATSIYASI – MOSKVADA
Ayni kunlarda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi delegatsiyasi Moskva shahridagi Imom Muhammad Buxoriy nomidagi musulmonlar mahalliy diniy muassasasi taklifiga binoan amaliy safar bilan Moskva shahrida boʻlib turibdi. Markaz bilan mazkur muassasa oʻrtasida joriy yilning may oyida hamkorlikka oid Anglashuv memorandumi imzolangan boʻlib, unga koʻra qator qoʻshma loyihalar amalga oshirilishi belgilangan. 2021-yilning mart …
BatafsilIndoneziya ulamolari Markazga tashrif buyurdi
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Indoneziya Ulamolar kengashining Janubiy Sulavesi provinsiyasi boʻlinmasi rahbari Hoji Najmuddin boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Mehmonlar Markazda olib borilayotgan ilmiy faoliyat yutuqlari, jumladan, xalqaro hamkorlik, qoʻlyozma asarlar tadqiqi borasidagi ishlarga, shuningdek, Imom Buxoriy va boshqa koʻplab allomalarimizning nodir asarlari tarjimalariga yuqori baho berdi. Joriy yilning avgust …
Batafsil«ERONDA IBN SINO MEROSINI O‘RGANISH TENDENSIYALARI»
DIQQAT, E’LON! ✅ Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari instituti hamkorligida “ZARAFSHON VOHASI MADANIY BOYLIKLARI” mavzusi doirasida o‘tkazilayotgan qator ilmiy ma’ruzalarni o‘zida mujassam etgan navbatdagi onlayn seminarga taklif etamiz. Bu galgi seminarda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti ilmiy xodimi FAXRIDDIN IBRAGIMOV «ERONDA IBN …
Batafsil“KONSTITUTSIYA – XALQCHIL DAVLAT, BARQAROR TARAQQIYOT VA FAROVON HAYOT ASOSI”
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganiga 31 yil toʻlishi munosabati bilan “Konstitutsiya – xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi. Markaz direktori Shovosil Ziyodov yigʻilganlarni qutlugʻ sana bilan tabriklab, joriy yilda umumxalq referendumi natijasida tubdan yangilangan Bosh qonun qabul qilingani …
BatafsilMARKAZ RAHBARI – XALQARO ANJUMANDA
Ayni kunlarda poytaxtimizda Turkiy davlatlar tashkiloti, Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti va Turkiy davlatlar geografik kengashi hamkorligida “Turkiy xalqlar tarixida Turkistonning oʻrni” mavzusida xalqaro konferensiya boʻlib oʻtmoqda. Ilmiy muassasalar va oliy oʻquv yurtlari olimlari, davlat va jamoat idoralari vakillari, qator xalqaro tashkilotlar rahbarlari ishtirok etayotgan konferensiya koʻhna Turkistonning siyosati …
BatafsilQORAQALPOGʻISTONDAGI TARGʻIBOT ISHLARI YAKUNIGA YETDI
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlari 1 dekabr kuni Qoraqalpogʻistondagi uchrashuvlarni Qoraoʻzak tumanida tashkil etdi. “Ata makon”, “Qutli makon”, “Yesim” MFY hamda “Qoraoʻzak” SHFY ahli bilan oʻtkazilgan tadbirlarda targʻibotchilar tinchlik va osoyishtalikni qadrlash va asrash, omonlik va farovonlik uchun minnatdor boʻlib yashash, oilalar mustahkamligini taʼminlash, farzandlar tarbiyasiga jiddiy eʼtibor …
BatafsilSHUKRONALIK BILAN YASHASH FAZILATI
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining targʻibot guruhi 30 noyabr kuni tadbirlarni Qoraqalpogʻistonning Amudaryo tumanida oʻtkazdi. “Alisher Navoiy”, “Chordara”, “Yangiobod” va “Oybek” MFYda faollar, nuroniylar va uyushmagan yoshlar ishtirokida oʻtgan uchrashuvlarda Vatanga sadoqat, yurt tinchligi, mamlakatimizda inson manfaatlari yoʻlida olib borilayotgan islohotlar va keng koʻlamli bunyodkorlik ishlari, diniy bagʻrikenglik va millatlararo …
BatafsilSAUDIYA ARABISTONIDAGI YIRIK ILMIY MUASSASA BILAN HAMKORLIK OʻRNATILADI
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga 30 noyabr kuni Saudiya Arabistonining Podshoh Salmon nomidagi Xalqaro arab tili akademiyasi Bosh kotibining oʻrinbosari professor Ibrohim Abanmay rahbarligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Mehmonlarni Markaz rahbari Shovosil Ziyodov kutib olib, muassasa faoliyati va muzey bilan tanishtirdi. Oʻzaro muloqotda delegatsiya rahbari akademiya faoliyati, unda arab tilini oʻqitish …
BatafsilQUTLOV
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Qoʻlyozmalar bilan ishlash va muzey boʻlimi boshligʻi Tohir Evadullayev “Diniy bagʻrikenglik” nishoni bilan taqdirlandi. Markaz jamoasi Tohir Evadullayevni yuksak mukofot bilan muborakbod etadi! Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Matbuot xizmati
Batafsil