Home / YANGILIKLAR (page 145)

YANGILIKLAR

YANGI MAJMUA IMOM BUXORIY BOBOMIZNING ISLOM OLAMIDAGI MAQOMIGA MUNOSIB BOʻLADI

Bismillahir Rohmanir Rohiym. Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda ajdodlarimiz merosini chuqur oʻrganish, qadamjolarni yanada obod etish borasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlar xalqimiz maʼnaviyatini yanada yuksaltirish, ilm-maʼrifatini boyitish, milliy gʻururini oʻstirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Samarqandda buyuk muhaddis Imom Buxoriy bobomiz majmuasining mutlaqo zamonaviy, koʻrkam loyihada bunyod etilayotgani bu boradagi ishlarning …

Batafsil

ULUGʻ ZOTGA MUNOSIB MASKAN

Ilm-fan — inson kamolotiga poydevor. Maʼrifat va maʼnaviyat esa barkamollik ustunlaridir. Zero, qadim Sharqda taʼlim va tarbiya hech vaqt ayro yoki biri ikkinchisidan ustun baholanmagan. Bu esa dunyo tamadduniga tamal toshlarini qoʻygan Imom Buxoriy, Xorazmiy, Imom Nasafiy, Fargʻoniy kabi ne-ne dovrugʻi dunyoga doston ulugʻ qomusiy allomalarning bebaho merosida ham namoyon. …

Batafsil

AJDODLARIMIZGA MUNOSIB BOʻLISH — MUQADDAS BURCHIMIZ

Bismillahir rohmanir rohiym. Yurtimiz buyuk allomalari, mutafakkirlari hamda aziz-avliyolari bilan shuhrat qozongan. Ularning boy ilmiy-maʼnaviy merosi, betakror kashfiyotlari dunyo ilm-fani taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshgan. Prezidentimiz tashabbusi bilan ajdodlarimiz merosini chuqur oʻrganish, qadamjolarni yanada obod etish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbari Samarqand viloyatiga tashrifi chogʻida Imom Buxoriy yodgorlik …

Batafsil

Tarix sahifalaridan joy olajak moʻtabar maskan

Buyuk alloma va muhaddislar yurti boʻlgan jannatmakon vatanimizda barcha sohalarda olib borilayotgan islohotlar kabi diniy-maʼrifiy sohani rivojlantirish borasida ham katta ishlar amalga oshirilmoqda. Dunyo ilm-fani taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshgan buyuk ajdodlarimiz hayoti va maʼnaviy merosini oʻrganish, islom dinining mazmun-mohiyatini teran anglash, maʼrifiy islom asosida “Jaholatga qarshi — maʼrifat” shiori bilan …

Batafsil

MUHADDISLAR PЕSHVOSIGA YUKSAK EHTIROM

Yurtimizdan dunyo ilm-fani va madaniyati rivojiga katta hissa qoʻshgan minglab allomalar yetishib chiqqan. Manbalarga tayanadigan boʻlsak, birgina hadis ilmi boʻyicha uch mingdan ziyod olimning nomini sanab oʻtish mumkin. Dunyo hadis ilmi ustozlari sanalgan Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Dorimiy, Abdulhamid Keshiy, Ibn Hibbon kabi muhaddislarning buyuk xizmatlari tufayli yurtimiz “Ulugʻ …

Batafsil

RAMAZON — maʼrifat va qadriyatlar qadr topgan oy

Yangilanayotgan Oʻzbekiston diyorida muborak Ramazon oyi tinchli, mehru oqibat, oʻzaro hamjihatlik, himmat va saxovat kabi anʼanalarimiz tobora mustahkam qaror topayotgan bir sharoitda, koʻtarinki ruh bilan kutib olindi. Prezidentimizning joriy yil 8 aprel kuni “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qaroriga koʻra, Ramazon oyini milliy anʼana va qadriyatlarimiz ruhida, har …

Batafsil

Ziyoratgohning yangi majmuasi qurilishi boshlandi

Davlatimiz rahbari 2019-yili Samarqand viloyatiga tashrifi chog‘ida Imom Buxoriy yodgorlik majmuasini kengaytirish zarurligini ta’kidlagan edi. – Bu joy Imom Buxoriy bobomizning ilmiga, islom olamidagi maqomiga munosib bo‘lishi kerak. Mamlakatimizda ziyorat turizmining asosi aslida shu yer. Bu maskanga qancha ziyoratchilar kelsayam, qulay sharoit bo‘lishi zarur, – degan edi Shavkat Mirziyoyev o‘shandi. …

Batafsil

TABRIK

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi jamoasi barcha yurtdoshlarimizni kirib kelayotgan mehr-oqibat, ezgulik va xayru saxovat ayyomi – Ramazon oyi munosabati bilan samimiy muborakbod etadi! Xonadonlaringizga tinchlik-osoyishtalik, fayzu baraka tilaymiz! Duolaringiz ijobat, ibodatlaringiz qabul boʻlsin! Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Matbuot xizmati

Batafsil

Musulmonlari idorasi roʻzadorga makruh boʻlgan amallarni eslatib oʻtdi

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi roʻzadorga makruh boʻlgan amallar — roʻzani buzmaydigan, ammo savobini kamaytiradigan, buzishga yaqin boʻlgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumot berdi. Makruh amal – shariatda yomon koʻrilgan, nomaqbul va xunuk ish sanaladi. Roʻzador saqich yoki shunga oʻxshash narsani chaynashi makruhdir. Chunki koʻrgan odam roʻzador emas ekan degan xulosaga keladi. Paygʻambarimiz salollohu …

Batafsil

RAMAZON SAXOVAT, SABR VA DUO OYIDIR

Bismillahir Rohmanir Rohim. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuhu. Alloh taboraka va taologa beadad hamdu sanolar, Hazrati Paygʻambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamga behisob salavotu salomlar boʻlsin! Butun dunyo moʻmin-musulmonlari intiqib kutadigan Ramazoni sharif oyi ham kirib kelmoqda. Shu munosabat bilan Oʻzbekiston musulmonlari idorasi va oʻz nomimdan, Siz, azizlarni fazilatli …

Batafsil