Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Hadis ilmi maktabi rahbar va xodimlaridan iborat delegatsiya Kuala-Lumpulga safari davomida Malayziya xalqaro islom universitetida boʻldi. Delegatsiya aʼzolari universitet faoliyati, jumladan, taʼlim tizimi bilan yaqindan tanishdi. Talabalar bilan muloqot chogʻida yigʻilganlarga Yangi Oʻzbekistonda diniy-maʼrifiy sohada …
BatafsilMisr nashri e’tirofi
Misrdagi Al-Azhar universitetining “Savtul Azhar” (“Al-Azhar ovozi”) gazetasida “Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Imomning ikkita nodir kitobini o‘zbek tiliga tarjima qildi” sarlavhali maqola e’lon qilindi. Nashrning shu yil 23 oktyabrdagi 1288-sonida “O‘zbekiston tarixida ilk bor” epigrafi ostida chop etilgan maqolada Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan buyuk muhaddis Imom Buxoriyning …
BatafsilAksiya doimiy tus olsa arziydi
Bugun, 25 oktyabr kuni mamlakatimizda “Qogʻozsiz bir kun” respublika eko-aksiyasi oʻtkazilmoqda. Shu munosabat bilan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining tashkiliy-nazorat va ijro intizomi boʻlimi xodimlari uchun Samarqand viloyati Payariq tumani Bandlikka koʻmaklashish markazida sayyor seminar tashkil etildi. Unda “Unison soft” MJCHning Samarqand viloyati boʻlimi mutaxassislari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil …
BatafsilHamkorlik istiqbollari – muhokamalar markazida
Xabar berilganidek, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Hadis ilmi maktabi rahbar va xodimlaridan iborat delegatsiya Malayziya safarida boʻlib turibdi. 23-oktyar kuni delegatsiya aʼzolari poytaxt Kuala-Lumpurda joylashgan Malayziya islomni anglash institutida uchrashuv oʻtkazdi. Unda Institut huzuridagi Iqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlar markazi …
BatafsilAllomalar ilmiy merosi chin mohiyatni anglatadi
Ayni kunlarda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Hadis ilmi maktabi rahbar va xodimlaridan iborat mamlakatimiz delegatsiyasi Malayziyada ilmiy-amaliy safarda boʻlib turibdi. Safar dasturi doirasida delegatsiya aʼzolari 22-oktyabr kuni Malayziyaning Islom madaniyati institutida “Imom Buxoriy ilmiy merosini oʻrganishda zamonaviy yondashuvlar” mavzusida …
BatafsilMalayziyada “Imom Buxoriy ilmiy merosini o’rganishda zamonaviy yondashuvlar” mavzusida xalqaro konferensiya bo’lib o’tdi
Anjumanda Malayziya Milliy universiteti, islom madaniyati instituti, xalqaro islom universiteti, Zahra fondi, xalq ta’limi vazirligi, Qur’on va sunnatni o’rganish ilmiy-tadqiqot markazi, islom ilmlari universiteti, Utar universiteti, O’zbekiston elchixonasi rahbariyati, professor-o’qituvchilar va tadqiqotchilar ishtirok etdi. Anjumaning ochilish marosimida O’zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev so’zga chiqib, joriy yil may oyida Malayziya Bosh vaziri …
BatafsilLoyihalar maʼqullandi
Xabar berilganidek, shu kunlarda Toshkent shahrida “Sharq renessansi fenomeni: saltanatlar, dinlar, shaxslar va tamaddunlar” mavzusida madaniy meros haftaligi oʻtkazilmoqda. Haftalik tadbirlarida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlari faol ishtirok etib, Imom Buxoriy innovatsion muzey ekspozitsiyasini boyitishga yoʻnaltirilgan 5 ta loyiha taqdimotini oʻtkazdi. Imom Buxoriyning bizgacha yetib kelgan 12 asari …
BatafsilAllomalar asarlari tadqiqining dolzarb ahamiyati
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Istanbuldagi “Dorul maxtutot” (“Qoʻlyozmalar uyi”) markazi Bosh direktori Dr. Mahmud Misriy tashrif buyurdi. Olim qator nufuzli ilmiy nashrlar tahrir hayʼatlarining aʼzosi, tibbiyot tarixi, qoʻlyozmalar tahqiqiga oid bir necha kitoblar muallifidir. Uning “Qoʻlyozmalarni tadqiq qilishning nazariy asoslari” nomli kitobi oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Markaz direktorining oʻrinbosari …
BatafsilImom Buxoriy asarlari – botil gʻoyalardan kuchli maʼnaviy himoya
Xabar berilganidek, Termizda “Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan oʻrni” mavzusida xalqaro ilmiy anjumanda oʻtkazildi. Anjumanning Termiz Davlat universitetida boʻlib oʻtgan shoʻba yigʻilishida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi Shukurillo Umarov “Yangi Oʻzbekistonda hadisshunoslik ilmining yangi bosqichi” mavzusidagi maʼruza qildi. Maʼruzachi jahon islom olamida hozirgi kunda ham asosiy …
Batafsil“Til – millat koʻzgusi”
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida 21-oktabr – Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan shu nomda maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. Direktor oʻrinbosari Otabek Muhammadiyev mazkur muhim sananing va umuman, oʻzbek tilining boy madaniy merosimizda, xalqimizning oʻzligini ifoda etish va milliy qadriyatlarimizni saqlashda ulugʻvor oʻrin tutishini taʼkidladi. Tilimiz – millatimizning …
Batafsil