Home / YANGILIKLAR

YANGILIKLAR

Maʼrifat yoʻlida yoshlar bilan ochiq muloqot

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 42-sonli umumtaʼlim maktabida yoshlar orasida maʼnaviy-maʼrifiy muhitni mustahkamlash, ularni turli yot gʻoyalar taʼsiridan asrash maqsadida “Jaholatga qarshi – maʼrifat” gʻoyasi asosida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Unda maktabning yuqori sinflarida tahsil olayotgan 200 nafardan ziyod oʻquvchi ishtirok etdi. Tadbir davomida oʻquvchilarga …

Batafsil

Murojaatnoma mazmun-mohiyati oʻrganilmoqda

5-fevral kuni Hadis ilmi maktabida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 26-dekabrdagi Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga yoʻllagan Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini chuqur oʻrganish va ilmiy tahlil qilishga qaratilgan maxsus oʻquv kursiga start berildi. Yurtimizdagi diniy taʼlim muassasalari, oliy va oʻrta maxsus diniy taʼlim maskanlari talabalari uchun moʻljallangan ushbu kurs Oʻzbekiston xalqaro …

Batafsil

Islom ulamolari merosiga bagʻishlangan amaliy muloqot

Islom olami mutafakkirlari boʻyicha 6-seminar (SSIC-2026)ni yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish masalalariga bagʻishlangan onlayn ishchi muhokama oʻtkazildi. Unda mazkur xalqaro ilmiy tadbirni tashkil etishga jalb qilingan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bosh tashkilotchi sifatida, shuningdek, Malayziya Milliy universiteti (Universiti Kebangsaan Malaysia – UKM) qoshidagi Islom sivilizatsiyasi instituti, Imom Moturidiy …

Batafsil

HALOLLIK VA ADOLAT eskirgan tushunchami?

“Barqaror jamiyat” deganda, odatda, iqtisodiy oʻsish, siyosiy tizimning mustahkamligi yoki xavfsizlik masalalari tilga olinadi. Biroq tarixiy tajriba va ijtimoiy tahlillar shuni koʻrsatadiki, bu omillar oʻz-oʻzidan barqarorlikni taʼminlamaydi. Iqtisodiy resurslar yetarli boʻlgan, ammo maʼnaviy meʼyorlar zaiflashgan jamiyatlarda inqiroz, norozilik va ichki ziddiyatlar yuzaga kelgan holatlar kam emas. Shu nuqtai nazardan qaraganda, …

Batafsil

Tariqat yoʻli va Markaziy Osiyoda maʼnaviy anʼanalar

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida 3-fevral kuni Islom tarixi, sanʼati va madaniyatini tadqiq etish markazi (IRCICA) bilan hamkorlikda “Markaziy Osiyo – Islom madaniyati va sanʼati oʻchogʻi” ilmiy loyihasi doirasida navbatdagi onlayn seminar oʻtkazildi. Unda IRCICAning xalqaro munosabatlar boʻyicha maslahatchisi, professor, dr. Ashirbek Moʻminov “Tasavvuf tarixini tadqiq etishdagi yangi yondashuv va …

Batafsil

Markaz faoliyati – Indoneziya OAVda

Indoneziyaning nufuzli ommaviy axborot vositalaridan biri – Kalimantan Post gazetasida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga bagʻishlangan maqola eʼlon qilindi. Unda “Nahdlatul ulamo” tashkiloti huzuridagi (Lembaga Pendidikan Tinggi Nahdlatul Ulama – LPTNU) oliy taʼlim kengashi delegatsiyasining Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga tashrifi, uchrashuv davomida muhokama qilingan ilmiy hamkorlik istiqbollari hamda qoʻshma …

Batafsil

Mushtarak qadriyatlar va ilmiy hamkorlik istiqbollari

Shu kunlarda Oʻzbekistonda mehmon boʻlib turgan Indoneziyaning “Nahdlatul ulamo” tashkiloti huzuridagi Lembaga Pendidikan Tinggi Nahdlatul Ulama (LPTNU) — oliy taʼlim kengashi delegatsiyasi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga tashrif buyurdi. Mazkur tuzilma 200 ga yaqin xususiy universitet faoliyatini muvofiqlashtiruvchi idora boʻlib, oʻz faoliyatida moʻtadillik va bagʻrikenglik tamoyillariga asoslangan “Arxipelag islomi” (Islam …

Batafsil

Xilma-xillik sharoitidagi hamjihatlik — taraqqiyot manbai

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Leybnis nomidagi Zamonaviy sharqshunoslik markazi (Germaniya) ilmiy xodimi Leyla Almazova tashrif buyurdi. Mehmon Markaz muzeyi va ekspozisiyalari bilan atroflicha tanishtirilib, unga yurtimizda islom sivilizatsiyasi, ilmiy-ma’naviy merosni o‘rganish va targ‘ib etish borasida olib borilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Tashrif davomida ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, qo‘shma …

Batafsil

Markazda viloyat rahbari bilan uchrashuv

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyevning Markaz jamoasi hamda Hadis ilmi maktabi ustoz-murabbiylari va talabalari bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Uchrashuvni Markaz direktori Shovosil Ziyodov ochib, soʻnggi yillarda Samarqand viloyatida, jumladan, buyuk allomalarimiz xoki mangu qoʻnim topgan muqaddas maskanlarda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari, Imom Buxoriy …

Batafsil

Hindistonda Qur’on va fan “muloqoti”

Hindistonning Nyu-Dehli shahrida o‘tkazilayotgan “Qur’on va fan” mavzusidagi III xalqaro konferensiyada Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi ilmiy xodimlari ham ishtirok etmoqda. Markaz matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, anjumanda Shvetsiya, Eron, Indoneziya, Buyuk Britaniya, Kuvayt, Nepal kabi o‘ttizga yaqin mamlakatdan qur’onshunos olimlar, tadqiqotchilar va mutaxassislar qatnashmoqda. Konferensiyaning ochilishida so‘zga chiqqan Imom …

Batafsil