Home / YANGILIKLAR

YANGILIKLAR

Imom Buxoriy hayoti va ilmiy merosiga yangicha nigoh

Imom Buxoriy nomidagi xalqaro stipendiya dasturining Markazda amaliyot boshlagan sovrindori, Turkiyadagi Dijla universiteti doktoranti Usoma Boʻzkurt oʻz tadqiqotlarining taqdimotini oʻtkazdi. Olim islom olami va jahon ilm-fani xazinasiga beqiyos hissa qoʻshgan buyuk muhaddis Imom Buxoriy hayoti va u zot vafotidan keyin sodir boʻlgan ijtimoiy hodisalarni zamonaviy fanlar tutashgan nuqtada – “oʻlim …

Batafsil

Imom Buxoriy fenomeni – xalqaro ilmiy muhokamalar markazida

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida mahalliy va xorijiy buxoriyshunos olimlar, tadqiqotchilar va yetakchi ilmiy-taʼlim muassasalari vakillari ishtirokida “Imom Buxoriy – muhaddislar sultoni” mavzusida VIII anʼanaviy xalqaro anjuman oʻtkazildi. Forum avvalida ishtirokchilar Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi. Tabarruk anʼanaga muvofiq, dastlab buyuk muhaddisning shoh asari — “Al-Jomiʼ as-sahih”dan birinchi va oxirgi …

Batafsil

Samarqand ilhomi

Malayziya xalqaro islom universiteti (IIUM) professori Shukron Abdurahmonning “From Samarqand with Love: A Memoir Across Six Cities” («Samarqanddan muhabbat ila: Olti shahar xotiralari») nomli kitobi chop etildi. Asar muallifning Samarqanddagi ilmiy faoliyati va Oʻzbekistonda orttirgan maʼnaviy taassurotlarini oʻzida mujassam etgan muhim xotiralar toʻplamini ifoda etadi. 2025-yilda, professor Shukron Abdurahmonning Imom …

Batafsil

“IMOM BUXORIY – MUHADDISLAR SULTONI” VIII an’anaviy xalqaro anjuman

📢 “IMOM BUXORIY – MUHADDISLAR SULTONI” VIII an’anaviy xalqaro anjumanga taklif etamiz. 👨‍🏫👨‍💻Anjuman onlayn va oflayn formatda bo‘lib o‘tadi. ✅ Unda O‘zbekiston, Turkiya, Iroq, Rossiya va boshqa mamlakatlarning taniqli buxoriyshunos olimlari hamda soha mutaxassislari ma’ruzalari bilan ishtirok etadi. Ma’ruzalarda Imom Buxoriyning boy ilmiy merosi, hadisshunoslik sohasidagi tadqiqotlar, zamonaviy buxoriyshunoslikning dolzarb …

Batafsil

Xalqaro eʼtirof

Islom hamkorlik tashkilotining Islom tarixi, sanʼati va madaniyatini tadqiq etish markazi (IRCICA)ning Newsletter jurnali 2026-yil yanvar-may oylarini qamrab olgan 129-sonida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining xalqaro ilmiy doiradagi faoliyati va IRCICA bilan samarali hamkorligiga alohida oʻrin berdi. Unda Markaz va IRCICA hamkorligida 2026-yil davomida tashkil etilgan onlayn ilmiy seminarlar haqida …

Batafsil

Turkiyalik doktorant Imom Buxoriy hayotining eng soʻnggi davrini oʻrganmoqchi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga alloma nomidagi xalqaro stipendiya dasturi doirasida navbatdagi xorijlik tadqiqotchi – Turkiyaning Dijla universiteti Ilohiyot fakulteti doktoranti Usoma Boʻzkurt ilmiy amaliyot oʻtash uchun keldi. Markaz direktori Shovosil Ziyodov qabulida amaliyotchi oʻzining ilmiy rejalari va izlanishlaridan koʻzlagan asosiy maqsadlari bilan oʻrtoqlashdi. Usoma Boʻzkurt hadis ilmi sultoni hayotining …

Batafsil

Markazning Telegram kanali ham rasmiy maqom oldi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining raqamli ekotizimini shakllantirish va axborot xavfsizligini taʼminlash yoʻnalishida navbatdagi muhim qadam qoʻyildi. Markazning mamlakatimizda eng ommabop va tezkor axborot maydoni hisoblangan Telegram kanali ham verifikatsiyadan oʻtkazilib, unga rasmiylik maqomini tasdiqlovchi yulduzcha belgisi berildi. Bu yutuq yaqinda Facebook va Instagram sahifalarimiz rasmiy maqom olganidan keyin amalga …

Batafsil

“Movarounnahr yozgi seminarlari”ning qamrovi kengaymoqda

Turkiyaning Anqara shahridagi Islom tafakkuri institutida “Movarounnahr beshinchi yozgi seminarlari” doirasidagi malaka oshirish oʻquvlari boshlandi. Aytish kerakki, bu mavsumdan ishtirokchi davlatlar geografiyasi sezilarli darajada kengaydi. Ilmiy oʻquv dasturida 10 davlatdan kelgan 30 tadqiqotchi ishtirok etmoqda. Xususan, Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Ozarbayjon, Kosovo, Bosniya va Gersegovina, Bolgariya, Tatariston (Rossiya Federatsiyasi)dan vakillar jam boʻlgan. Yurtimizdan …

Batafsil

Sunʼiy intellekt va sinergetik tafakkur: Toshkentda yangi jamoaviy monografiya taqdimoti

Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasida oʻzbek falsafasi va zamonaviy ilm-fani uchun muhim voqelik — “SINERGETIKA-4: Sunʼiy intellekt” nomli jamoaviy monografiyaning taqdimoti boʻlib oʻtdi. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Samarqand davlat universiteti, Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, Diniy-maʼrifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash instituti hamda …

Batafsil

Imom Saraxsiy merosiga bagʻishlandi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida «Markaziy Osiyo hanafiylik maktabi shakllanishida Imom Saraxsiyning oʻrni» mavzusida xalqaro onlayn seminar boʻlib oʻtdi. Unda Qirgʻiziston-Turkiya Manas universiteti Ilohiyot fakulteti Islomshunoslik kafedrasi mudiri, dotsent doktor Ayitmamat Kariyev Zoom platformasi orqali maʼruza qildi. Olim islom huquqi tarixida hanafiylik mazhabining shakllanish bosqichlari, bu huquqiy maktabning Markaziy Osiyoda …

Batafsil