Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan “Jaholatga qarshi – maʼrifat” gʻoyasi asosida “Islom – tinchlik va maʼrifatparvarlik dini” mavzusidagi xalqaro onlayn ilmiy seminarlar turkumi yoʻlga qoʻyildi. Ushbu tashabbusning asosiy maqsadi mintaqada islom dinining insonparvarlik mohiyatini keng targʻib qilish, xalqaro ilmiy-maʼrifiy muloqotni kuchaytirish hamda diniy radikallashuv va ekstremizm kabi tahdidlarga qarshi …
BatafsilILMNING ILGʻOR NAMOYANDALARI ANJUMANI
11-aprel kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida nufuzli xalqaro tashkilotlar va xorijiy yetakchi ilmiy-akademik muassasalar rahbarlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi, Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi mutassaddilari ICESCO, IRCICA, TURKSOY, Turkiy madaniyat va meros jamgʻarmasi, Turkiya Qoʻlyozmalar muassasasi, Turkiya Fanlar akademiyasi va …
Batafsil“Amir Temur – buyuk davlat arbobi va ilm-fan homiysi”
Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida shu mavzuda maʼnaviy-maʼrifiy anjuman tashkil etildi. Tadbirda ilmiy xodimlar, oliy taʼlim muassasalarining tarixshunos olimlari va maʼnaviyat masalalari boʻyicha mutasaddilari ishtirok etib, buyuk sarkarda va mohir davlat arbobi Amir Temurning hayoti va faoliyati, uning mintaqa va jahon tarixida tutgan oʻrni …
BatafsilYoshlar maʼnaviyati – mafkuraviy immunitet asosi
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Navoiy viloyati boʻylab rejalashtirilgan uchrashuvlarning navbatdagisi Navoiy davlat universitetida boʻlib oʻtdi. Unda professor-oʻqituvchilar, mutaxassislar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Anjuman yoshlar orasida maʼrifatning oʻrnini targʻib qilish, ularni yot gʻoya va zararli oqimlar taʼsiridan himoyalash hamda talabalarda mustaqil va sogʻlom fikrlash koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratildi. …
BatafsilTadbirlar maqsadi – yoshlar hushyorligini yanada oshirish
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Navoiy viloyati boʻylab oʻtkazayotgan maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuvlar tizimi kengayib bormoqda. Navbatdagi targʻibot tadbiri Navoiy Sharq universiteti talaba-yoshlari ishtirokida tashkil etildi. Seminarda Markaz ilmiy xodimi T.Evadullayev hamda universitetning professor-oʻqituvchilari maʼruza qildi. Muloqot davomida bugungi murakkab globallashuv sharoitida yoshlar ongida mafkuraviy immunitetni shakllantirish va mustahkamlash nafaqat shaxsiy kamolot, …
Batafsil“Islomda madaniy muloqot va diplomatiyaning ahamiyati”
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida shu mavzuga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda AQSHdagi Sivilizatsiyalar almashuvi va hamkorlik fondi (CECF) prezidenti Imom Muhammad Bashar Arafot hamda amerikalik tadqiqotchi va mashhur publisist Jon Kizer Markaz ilmiy xodimlari, Hadis ilmi maktabi rahbariyati va talabalari bilan bugungi globallashuv davrida diniy bagʻrikenglik va madaniy …
BatafsilMaʼnaviy tahdidlarga qarshi ilmiy asos: Navoiy innovatsiyalar universitetida muloqot
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Navoiy viloyati boʻylab oʻtkazilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar turkumi Navoiy innovatsiyalar universitetida davom ettirildi. Navbatdagi uchrashuvda Markaz ilmiy xodimi T.Evadullayev bugungi kunda yoshlar ongi va maʼnaviyatiga qilinayotgan xurujlar va ularga qarshi turishning ilmiy-maʼrifiy asoslari haqida soʻz yuritdi. Asosiy eʼtibor axborot xurujlari avj olgan hozirgi sharoitda talabalarda …
BatafsilSamarqand delegatsiyasi – Indoneziyada
Avval xabar qilinganidek, Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev boshchiligidagi delegatsiyaning Indoneziyaga xizmat safari boshlandi. Tashrif doirasida delegatsiya aʼzolari Indoneziyaning yirik va mashhur maʼmuriy birliklaridan biri – Sharqiy Yava provinsiyasi gubernatori Xafifa Indar bilan rasmiy uchrashuv oʻtkazdi. Samimiy muloqot davomida Oʻzbekiston va Indoneziyaning mazkur ikki mintaqasi oʻrtasida savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, taʼlim va …
BatafsilOAV vakillari eʼtirofi: “Markaz – Yangi Oʻzbekistonning maʼrifiy yuzi”
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida yetakchi ommaviy axborot vositalari xodimlari, taniqli jurnalistlar va media ekspertlar uchun navbatdagi media-tur tashkil etildi. Tadbirda Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi rahbariyati, “Oʻzbekiston 24”, “Yoshlar”, “Mahalla”, “MY5”, “Renessans” kabi markaziy telekanallar, “Jadid” gazetasi hamda “Xabar.uz”, “Yuz.uz”, “Anxor.uz” kabi nufuzli internet nashrlarining 30 nafarga yaqin vakili qatnashdi. Media-tur davomida …
BatafsilKelajak egalari bilan ochiq muloqot davom etmoqda
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining Navoiy viloyati boʻylab maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot tadbirlari Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida davom etdi. “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlari doirasida tashkil etilgan navbatdagi muloqotda Markaz ilmiy xodimi T.Evadullayev, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati kengashi raisi J.Jumayev va boshqa masʼullar maʼruza bilan chiqish qildi. Muloqot davomida yoshlarni …
Batafsil
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz





