Home / YANGILIKLAR

YANGILIKLAR

Qalam ahliga ehtirom

27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida tantanali tadbir tashkil etildi. Unda Markaz Matbuot xizmati masʼullari, Nashrlar boʻlimi xodimlari, sayt va ijtimoiy tarmoqlar boshqaruvchilari va “Imom Buxoriy saboqlari” jurnali ijodkorlari jam boʻldi. Anjumanni Markaz rahbari Shovosil Ziyodov tabrik soʻzi bilan ochib, …

Batafsil

London iqtisodiyot maktabi professori Markazda mehmon boʻldi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga London iqtisodiyot va siyosiy fanlar maktabi (LSE) professori Rahmon Chishtiy tashrif buyurdi. Oʻz davrida Buyuk Britaniya parlamentining aʼzosi, Din va eʼtiqod erkinligi boʻyicha maxsus vakil boʻlgan mehmon Markaz muzeyi va kutubxonasi faoliyati bilan tanishib, Imom Buxoriy va Movarounnahrning boshqa allomalari merosini oʻrganish, saqlash va targʻib …

Batafsil

Xalqaro ilmiy diplomatiya e’tirofi

Yevropa islom markazlari uyushmasi (EOIC) tomonidan Shveysariyada chop etiladigan nufuzli xalqaro “Li taorafuv” (ar.: “Bir-biringizni tanishingiz uchun”) jurnalining navbatdagi sonida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori, tarix fanlari doktori, professor Shovosil Ziyodov bilan o‘tkazilgan keng qamrovli suhbat chop etildi. E’tiborli jihati shundaki, o‘zbek olimi bilan …

Batafsil

“Buyuklik siri” – bitiruvchilarga katta maʼnaviy tuhfa

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi Imom Termiziy oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasida 2025-2026 oʻquv yili bitiruvchilari uchun tashkil etilgan xatmona tadbiri doirasida “Buyuklik siri” kitobining taqdimoti oʻtkazildi. Tadbirda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi katta ilmiy xodimi, muallif Shukurillo Umarov kitobning yozilish tarixi va undan koʻzlangan maqsad haqida soʻzlab berdi. Kitobda buyuk …

Batafsil

Hikmatdan taraqqiyot sari

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Oʻzbekiston va Malayziya hamkorligida Islom sivilizatsiyasi mutafakkirlari ilmiy merosiga bagʻishlab  “Ilm, hikmat va taraqqiyot: Islom sivilizatsiyasining insoniyat tarixi va kelajagidagi oʻrni” mavzusida tashkil etilgan 6-xalqaro seminar 18-iyun kuni ham davom etdi. Kun davomida islom sivilizatsiyasi merosining zamonaviy taraqqiyot jarayonlaridagi ahamiyati, inson kamoloti va jamiyat farovonligiga …

Batafsil

Hikmatli o‘tmish va yorqin istiqbolni bog‘lagan ilmiy muloqot

17-iyun kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Oʻzbekiston va Malayziyaning yetakchi ilmiy-taʼlim muassasalari hamkorligida islom sivilizatsiyasi mutafakkirlari ilmiy merosiga bagʻishlangan 6-xalqaro seminar ish boshladi. Har yili anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinadigan anjumanning bu gal “Ilm, hikmat va taraqqiyot: Islom sivilizatsiyasining insoniyat tarixi va kelajagidagi oʻrni” mavzusida tashkil etilib, islom sivilizatsiyasi merosi, …

Batafsil

Tarixiy aloqalarning yangi bosqichi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Indoneziya Respublikasining Sharqiy Yava viloyati Gresik tumani hokimi Fandi Ahmad Yani Xolis boshchiligidagi delegatsiya keldi. Mehmonlar dastlab Markaz muzeyi bilan tanishib, Imom Buxoriy hayoti va ilmiy merosi, shuningdek, Oʻzbekiston hududida shakllangan boy ilmiy-maʼrifiy anʼanalar haqida maʼlumotga ega boʻldi. Shuningdek, delegatsiya aʼzolari Markaz kutubxonasi faoliyati, qoʻlyozmalar …

Batafsil

Talabalarning malakaviy bitiruv ishlari himoyasi oʻtkazildi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida “Taʼlim, tadqiqot va amaliyot” tamoyili asosida Samarqanddagi “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalarining malakaviy bitiruv ishlari himoyasi boʻlib oʻtdi. Tadbirda Markaz ilmiy xodimlari, universitet professor-oʻqituvchilari hamda bitiruvchi talabalar ishtirok etdi. Himoya jarayonida talabalar madaniy merosni asrash, ziyorat turizmini rivojlantirish, tarixiy obidalardan samarali …

Batafsil

“Imomlik – ulugʻ masʼuliyat”

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi huzuridagi Diniy-maʼrifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash instituti Samarqand filiali bilan hamkorlikda diniy soha xodimlari uchun shu mavzuda seminar mashgʻuloti tashkil etildi. Seminarda bugungi globallashuv davrida diniy soha xodimlari zimmasidagi masʼuliyat, aholi, xususan yoshlar oʻrtasida sogʻlom eʼtiqod mezonlarini …

Batafsil

“Xatmi kutub” — ilmiy izchillik va ustoz-shogird anʼanasi ramzi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Toshkent islom instituti talabalari ishtirokida navbatdagi “Xatmi kutub” marosimi boʻlib oʻtdi. Islom ilmiy anʼanalaridan biri hisoblangan mazkur tadbirni Markaz direktori, tarix fanlari doktori, professor Shovosil Ziyodov kirish soʻzi bilan ochib, mazkur anʼananing bugungi kunda ilmiy izlanishlar izchilligini taʼminlash hamda boy maʼnaviy merosni oʻrganishdagi ahamiyatiga toʻxtaldi. …

Batafsil