Home / YANGILIKLAR

YANGILIKLAR

Markaz – yana bir xalqaro tadbir mezboni

Toshkentda BMTning Aholishunoslik jamgʻarmasi (UNFPA) va Al-Azhar universiteti (Misr) tashabbusi bilan boshlangan “Oʻzbekistonda ayollar huquqlariga oid islom taʼlimoti meʼyorlarini oʻrganishning nazariy-tadbiqiy jihatlari” mavzusidagi xalqaro oʻquv seminari ishtirokchilari 13-sentyabr kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga tashrif buyurdi. Mehmonlarni Markaz direktorining oʻrinbosari O.Muhammadiyev kutib olib, ilmiy tadqiqotlar natijalari, erishilayotgan muvaffaqiyatlar haqida maʼlumot …

Batafsil

Termizda yirik anjuman ish boshladi

Bugun, 12-sentyabr kuni Termiz shahrida “Termiziy allomalarning ilmiy-maʼnaviy merosi: oʻtmish va bugun” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi boshlandi. Davlatimiz rahbarining 2024-yil 15-avgustdagi “Imom Termiziy tavalludining 1200-yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi asnosida tashkil etilgan anjumanda mamlakatimizdan 60 ga yaqin taniqli diniy ulamolar, yetuk islomshunos olim va mutaxassislar hamda Imom Buxoriy xalqaro …

Batafsil

Fozil olim tashrifi

Ayni kunlarda yurtimizda mehmon boʻlib turgan misrlik fazilatli shayx, murabbiy, muhaddis Mustafo Abu Sulaymon Nadviy hazratlari Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga keldi. Islom olamida chuqur eʼzozlanadigan yuksak martabali mehmonni Markaz rahbari Shovosil Ziyodov kutib oldi. Tashrif chogʻida shayx hazratlari Markaz muzeyi bilan tanishtirildi. Muloqot davomida u kishiga Markaz faoliyati, amalga …

Batafsil

Ilmiy xodimlar – Turkiyada malaka oshirishda

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Qoʻlyozmalar bilan ishlash va muzey boʻlimining 3 nafar ilmiy xodimi Turkiya qoʻlyozma asarlar bosh boshqarmasi kitob shifoxonasi va arxiv ishlari boshqarmasi (Türkiye Yazma Eserler Kurumu Başkanlığı Kitap Şifahanesi ve Arşiv Dairesi Başkanlığı) hamda Sulaymoniya yozma asarlar kutubxonasida malaka oshirish dasturining navbatdagi bosqichida ishtirok etishni boshladi. …

Batafsil

EʼTIBOR, EHTIROM VA EʼZOZ

Alloh taologa beadad shukrlar boʻlsinki, yurtimiz mustaqilligining 33-yilligini katta xursandchilik bilan kutib oldik. Bugun har bir goʻshada bayram shukuhi hukmron. Bu ayyom oʻzini shu Vatan farzandi deb bilgan har bir inson uchun qadrli, aziz va moʻtabar. Chunki u bizga oʻzligimiz, insoniy haq-huquq va qadr-qimmatimizni baxsh etdi. Eng ulugʻ, eng aziz …

Batafsil

Turkiyada malaka oshirgan tadqiqotchi koʻnikmalari bilan oʻrtoqlashdi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Turkiyada malaka oshirish dasturini oʻtab kelgan Ravshan Elmurodov “Islom tafakkuri institutida malaka oshirish: koʻnikma va natijalar” mavzusida seminar oʻtkazdi. Markaz ilmiy xodimlari uchun tashkil etilgan seminarda ilmiy-tadqiqotlar boʻlimi xodimi, Islom tafakkuri instituti kurs tadqiqotchisi R.Elmurodov mavzu boʻyicha maʼruza qildi. Maʼruzachi dastavval yigʻilganlarga institut haqida toʻliq …

Batafsil

MARKAZ ILMIY SALOHIYATI YUKSALMOQDA

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining tegishli qaroriga asosan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori, tarix fanlari doktori Ziyodov Shovosil Yunusovichga 24.00.01 – “Islom tarixi va manbashunosligi” ixtisosligi boʻyicha professor ilmiy unvoni berildi. Markaz jamoasi Shovosil Ziyodovni yuksak ilmiy unvon bilan qizgʻin muborakbod etadi. …

Batafsil

Hadislarni toʻgʻri anglashning oʻziga xos usuli

29-avgust kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Islom tarixi, sanʼati va madaniyatini tadqiq etish markazi (IRCICA) bilan hamkorlikda “Markaziy Osiyo – Islom madaniyati va sanʼati oʻchogʻi” ilmiy loyihasi doirasida navbatdagi onlayn seminar oʻtkazildi. Unda Markaz ilmiy xodimlari, IRCICA vakillari hamda Turkiya va Germaniyadan tadqiqotchilar qatnashdi. Seminarda Imom Buxoriy nomidagi xalqaro …

Batafsil

Markaz faoliyatining Turkiyadagi taqdimoti

Turkiyaning Anqara shahridagi Islom tafakkuri institutida Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Tatariston ilmiy muassasalari tadqiqotchilari uchun tashkil etilgan malaka oshirish oʻquvi yakunlandi. Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi Ravshan Elmurodov, Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Moturidiy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari ilmiy xodimlari, Hadis …

Batafsil

HADISLARNING BATAFSIL BAYONI (Abu Bakr Muhammad ibn Isʼhoq Gulobodiy asari misolida)

📢 DIQQAT, E’LON! ✅ Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Islom hamkorlik tashkilotining Islom tarixi, san’ati va madaniyatini tadqiq qilish markazi (IRCICA) hamkorligida «MARKAZIY OSIYO – ISLOM MADANIYATI VA SANʼATI OʻCHOGʻI» turkumi doirasida oʻtkaziladigan xalqaro onlayn ILMIY SEMINARga taklif etamiz. 👤 Seminarda Imom Buxoriy nomidagi …

Batafsil