Home / YANGILIKLAR

YANGILIKLAR

Malayziya bilan hamkorlikning yangi bosqichi

Avval xabar qilinganidek, Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev boshchiligidagi delegatsiya ayni paytda Malayziyada mehmon boʻlib turibdi. Tashrif doirasida delegatsiya aʼzolari Malayziya din ishlari vaziri, doktor Zulkifl Hasan bilan uchrashuv oʻtkazdi. Muloqot chogʻida Samarqandning islom olamidagi yuksak maqomi va “Yangi Oʻzbekistonning turizm darvozasi” sifatidagi salohiyati alohida qayd etildi. Uchrashuvda Malayziya tomoni …

Batafsil

Samarqand viloyati delegatsiyasining Malayziya va Indoneziyaga safari boshlandi

Davlatimiz rahbarining Samarqand viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar hamda Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-yanvardagi “Umra plyus” ziyorat turizmi dasturini amalga oshirishga qaratilgan qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Samarqand viloyati delegatsiyasining Malayziya va Indoneziya davlatlariga xizmat safari tashkil etildi. Viloyat hokimi Adiz Boboyev boshchiligidagi delegatsiya tarkibidan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori, tarix …

Batafsil

Falsafa tarixi va tafakkur merosiga oid muhim ilmiy nashr taqdimoti

1-aprel kuni Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi anjumanlar zalida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan tashkil etilgan kitob taqdimoti boʻlib oʻtdi. Tadbirda taniqli olim, Markaz direktorining Bosh maslahatchisi, falsafa fanlari doktori, professor Baxtiyor Toʻrayev qalamiga mansub “Tanlangan asarlar” turkumining V jildi — “Falsafa tarixi: maqolalar toʻplami” keng jamoatchilikka taqdim …

Batafsil

Yoshlar uchun maʼrifat maskani

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga ISFT (Moliyaviy texnologiyalar va fanlar xalqaro instituti)ning oʻqituvchi va talabalari tashrif buyurdi. Markaz muzeyida mehmonlarga buyuk muhaddis Imom Buxoriyning hayoti, boy ilmiy va mashhur asarlari haqida batafsil maʼlumot berildi. Shuningdek, yosh avlod yurtimiz zaminidan yetishib chiqqan ulugʻ allomalarning ilmiy faoliyati va jahon ilm-fani rivojiga qoʻshgan …

Batafsil

Hojilar – maʼnaviyat elchilari

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda Jizzax viloyati hokimligi hamkorligida “Hojilar – maʼnaviyat targʻibotchilari” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Unda Jizzax viloyatidan muqaddas Haj safariga otlanayotgan nuroniy otaxon va onaxonlar ishtirok etdi. Markaz direktori, professor Sh. Ziyodov ularni qutlab, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar diniy-maʼrifiy sohada ham izchil davom etayotganini taʼkidladi. …

Batafsil

9 yillik faoliyat sarhisobi – media-tur fokusida

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etilganining 9 yilligi munosabati bilan ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar, blogerlar va ijtimoiy tarmoq faollari uchun media-tur tashkil etildi. Tadbirda ellikdan ortiq ishtirokchi Markaz faoliyati, ilmiy salohiyati va amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega boʻldi. Media-tur doirasida mehmonlar Markaz muzeyi, studiyasi, kutubxonasi, …

Batafsil

9-yillik ilmiy va maʼnaviy yoʻl

Bugun, 27-mart kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etilganiga 9 yil toʻldi. Oʻtgan vaqt davomida Markaz nafaqat yurtimizda, balki xalqaro maydonda ham islom ilmlari, maʼnaviy meros va ilmiy tadqiqotlar markazi sifatida oʻz oʻrni va maqomini mustahkamlab, mamlakatimizning ilmiy-maʼnaviy nufuzini mustahkamlashga baholi qudrat hissa qoʻshib kelmoqda. Bu yillar davomida buyuk …

Batafsil

Til va tarix tutashtirgan qadimgi lugʻatlar – ilmiy tahlil markazida

26-mart kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Islom tarixi, sanʼati va madaniyatini tadqiq etish markazi (IRCICA) bilan hamkorlikda navbatdagi onlayn seminar boʻlib oʻtdi. “Markaziy Osiyo – Islom madaniyati va sanʼati oʻchogʻi” ilmiy loyihasi doirasida tashkil etilgan tadbirda R.Sulaymonov nomidagi Sharqshunoslik instituti (Qozogʻiston) boʻlim mudiri, doktor Bagdat Dyusenov maʼruza qilib, “Qurʼon …

Batafsil

Yoshlar nigohi – ajdodlar merosida

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Samarqand davlat chet tillar instituti talabalari tashrif buyurdi. Dastavval yoshlar Markaz muzeyi bilan yaqindan tanishib, noyob qo‘lyozmalar, tarixiy manbalar va eksponatlar orqali Imom Buxoriyning ibratli hayoti va boy ilmiy merosi haqida atroflicha ma’lumot oldi. Ayniqsa, muhaddis olimning jahon tamaddunida tutgan o‘rni haqidagi ma’lumotlar ularda katta …

Batafsil

QURʼON LUGʻATLARI, “MUQADDIMATUL-ADAB” VA MAMLUKLAR DAVRI LUGʻATSHUNOSLIGI: SHAKL HAMDA MAZMUN UZVIYLIGI

📢 DIQQAT, E’LON! ✅ Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Islom hamkorlik tashkilotining Islom tarixi, san’ati va madaniyatini tadqiq etish markazi (IRCICA) hamkorligida «MARKAZIY OSIYO – ISLOM MADANIYATI VA SANʼATI OʻCHOGʻI» turkumi doirasida oʻtkaziladigan xalqaro onlayn ILMIY SEMINARga taklif etamiz. 👤 Seminarda R.B. Sulaymonov nomidagi …

Batafsil