X asrning oxirida Movarounnahr hayotida juda muhim voqealar yuz berdi. Somoniylar davlatining qulashidan keyin bu mintaqa ustidan hokimiyatni Qoraxoniylar oʻz qoʻliga oldi (hukm dav. 999-1211 yy.). Qoraxoniylar islomni qabul qilgan turk qabilalari ittifoqini boshqardi. Mintaqadagi turkiy xalqlar shahar-dehqonchilik mintaqalariga asta-sekin kirib kelishi va oʻtroq boʻlib qolishi arab istilolaridan ancha ilgari …
BatafsilABU NASR FOROBIYNING TAʼLIMNI RIVOJLANTIRISH BORASIDAGI QARASHLARI
Vatan ostonadan, inson yashab, nafas olib turgan goʻshadan boshlanadi. Odamzot oʻzi voyaga yetgan ona zaminga doim mehr-muhabbat koʻrsatishi, uning muqaddas sanalgan har bir hovuch tuprogʻini koʻziga tutiyodek surishi, unga nisbatan bir umr farzandlik sadoqati bilan yashashi ham farz ham qarzdir[1]. Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlugʻ ibn Tarxon Forobiy …
BatafsilOta nidosi
Otaning haqqi, mehri, muruvvati onanikidan kam emas. Buni ota boʻlgach bilamiz, farzandimiz bemor boʻlgach, sezamiz. Bolalarimiz ochlikdan biroz qiynalganda, otani eslaymiz. Oila boshligʻi boʻlish mashaqqat ekanini roʻzgʻor tashvishlari boʻynimizga tushgach, his etamiz. Ota boʻlish ham sharaf, ham masʼuliyat, ham burchdir. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ota haqida bir goʻzal hadis …
Batafsil“ABVAB TASRIF MANZUMA” ASARIDA LЕKSIK QATLAM
Arab tili grammatikasiga bagʻishlangan asarlar koʻp boʻlib, ular ichida turkiy tilga sheʼriy shaklda tarjima qilingani sanoqli. Shulardan biri “Abvab tasrif manzuma” asaridir. U uch qismdan iborat. Asar haqida 2014 yilda nashrdan chiqqan “Oʻzbek tilidagi toshbosma kitoblar katalogi” kitobida quyidagicha maʼlumot keltiriladi: Birinchi kitob 3410/1 inventar raqam bilan saqlanuvchi اول علم …
BatafsilILM OLISH FAZILATI
Ilm olish dinimizda eng ulugʻ ibodatlardan sanaladi. Chunki banda ilm vositasida Rabbini tanishga, U Zotning farzlarini bajarishga, shuningdek, barcha mavjudotlarga taalluqli haqlarni ado etishga muvaffaq boʻladi. Biror din ilm olishga islomchalik targʻib qilmaydi. Islom jaholatga qarshi ilm-maʼrifat bilan kurashishga ham katta eʼtibor qaratadi. Oʻqish ilmning kalitidir. Alloh taolo Muhammad sollallohu …
BatafsilJAMIYAT QOʻSHNILIK MADANIYATI BILAN TARAQQIY TOPADI
Har bir jamiyatning tinchligini taʼminlashda qoʻshnilik madaniyatiga rioya qilishning oʻrni beqiyosdir. Qoʻshnilar bir-biri bilan ahil va inoq boʻlsa, oʻsha jamiyatda tinchlik-totuvlik hukm suradi va taraqqiyot boʻladi. Bordiyu aksi boʻlsa, jamiyat parokandalikka yuz tutadi. Shuning uchun ham ota-bobolarimiz “Hovli olma, qoʻshni ol”, “Qoʻshning tinch – sen tinch” degan naqllarni oʻrgatish bilan …
BatafsilSHAMOILUN NABAVIYNING QOʻLYOZMA NUSXALARI(2-qism)
Shu boisdan ham din ilmini taqvodor ustozni tanlab, tanib, undan soʻng oʻrganmogʻi lozim. Shunda hozirgidek bilib-bilmasdan har-xil oqimlarga ergashishlar boʻlmaydi. Asar kolofoni 102a varaqda joylashgan boʻlib, unda asar 1164/1751 yilda koʻchirilgani haqidagi maʼlumot keltirilgan: تمت كتابته ونقص قرأته فى الامبول تمت كتابته وتصحيحه 1164[1]. “Maktabatul Jomiʼil Islom” kutubxonasida №3280 raqam ostida …
BatafsilSHAMOILUN NABAVIYNING QOʻLYOZMA NUSXALARI
IX-XII asrlar Islom Renessansi deb, eʼtirof etilgan. Aynan oʻsha davrda davlat yuritishdagi siyosat tubdan oʻzgarishi bilan bir qatorda ilm-fanning turli sohalarida yuksak choʻqqilar zabt etilgan. Ayniqsa tafsir, hadis, kalom, fiqh, tilshunoslik, matematika, astronomiya, kimyo, tibbiyot, huquq, geodeziya va geografiya kabi yangi sohalarga qiziqish kuchaygan. Natijada Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Muhammad …
Batafsil“USULUL FIQH” ILMINING UCH USTUNI(2-qism)
Ammo muallif “Usul” asarini qachon yozib tugatgani haqida xabar qoldirmagan. Asarni yozishga kirishganidan vafotiga qadar boʻlgan muddat qisqaligi hamda asar mavzularini taqsimlash, tartiblashda ochiqlanmagan ayrim mavhumliklar borligi uni yakunlagandan soʻng qayta koʻrib chiqish, tahrirlash imkoniyatiga ega boʻlmaganini bildiradi. Shunday boʻlsa-da, asar yuqori ilmiy saviyada yozilgani sababli har doim ilm ahlining …
BatafsilIMOM BUXORIYNING SOʻNGGI KUNLARI
Imom Buxoriy Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sahih hadislarini toʻplab, islom olamiga tanilganidan soʻng ona vataniga qaytib keladi. Buxoro xalqi oʻzining faxri boʻlgan muhaddis olimni shodlik bilan kutib oladi. Odatdagidek buyuk muhaddis xalqqa hadis aytishni boshlaydi. Darslarda son-sanoqsiz odamlar hozir boʻlar edi. Kuchli va yoqimli ovoz sohiblari Imom Buxoriy aytgan har …
Batafsil
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz





