Shaʼbon oyi muqaddas Ramazon oyini kutib olish uchun ruhan tayyorlanish oyidir. Musulmonlar shaʼbon oyi roʻzasini tutib, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sunnatlariga ergashadi. Alloh taolo bu oyda duolarni ijobat etadi, bandalariga magʻfirati va rahmatining kengligini namoyon qiladi. Yaʼni magʻfirat soʻraganlarni magʻfirat etadi, rahm soʻraganlarga rahmatini yogʻdiradi. Gʻam-gʻussani aritadi. Mana shunday toifadagi …
BatafsilISLOM SIYOSAT ILMI RIVOJIDA IBN MUQAFFA ASARLARINING ROLI
Islom dini, uning muqaddas manbalari goʻzal boshqaruv va odilona siyosat yuritishni har tomonlama qoʻllab-quvvatlaydi. Azal-azaldan davlat va jamiyatni adolat qonun-qoidalari asosida idora qilish, odil hukmdor gʻoyasi islom mutafakkirlari ijodida asosiy bahs mavzusi boʻlib kelgan. Chunki jamiyat hayotida vujudga kelishi mumkin boʻlgan aksariyat muammolar toʻgʻri siyosat yuritmaslik, boshqaruvda yoʻl qoʻyiladigan xatolar …
BatafsilABUL FATH SHAHRISTONIYNING “AL-MILAL VA-N-NIHAL” ASARIDA DINIY BAGʻRIKЕNGLIK MASALALARI
Soʻngi yillarda yurtimizda diniy-maʼrifiy sohada olib borilayotgan islohotlar natijasida yurtimiz mutafakkir ulamolarining asarlarini ilmiy asosda oʻrganishga keng imkoniyatlar yaratildi. Ulamolarimiz asarlarida koʻtarilgan bagʻrikenglik, dinlararo totuvlik masalalarini ilmiy oʻrganish bugungi kunda dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning, “Bizning davlatimiz koʻp millatli va koʻp konfessiyali davlat. Bugungi kunda mamlakatimizda 130 …
BatafsilISLOMDA BAGʻRIKЕNGLIK VA TINCHLIKKA TARGʻIB
Qurʼoni karim bizga qadimda yashab oʻtgan ummatlar va ularning holati haqida xabar bergan. Ular Alloh taolo tomonidan ato etilgan tinch-xotirjam va farovon hayotda yashagan. Soʻngra Parvardigori bergan neʼmatlarga noshukrlik qilib, turli xil azobga duchor boʻlgan. Yaʼni, boshlariga kelgan azobga oʻzlarining noshukrligi va kofirligi sabab boʻlgan. Qurʼoni karimdagi Nuh alayhissalomdan sayyidimiz …
BatafsilMILLATLARARO MUNOSABATLARDA TOTUVLIK VA HAMJIHATLIKNI YUKSALTIRISH ZARURATI
Bugun millat tushunchasi, millat omili barcha ijtimoiy va siyosiy munosabatlar tizimida yetakchi omillardan biri darajasiga aylanib bormoqda. Millat bugun insonning oʻzini-oʻzi anglashi va rivojlanishining yuksak mezonlari darajasiga, shuningdek, davlatlararo ijtimoiy va siyosiy munosabatlarga oʻzining kuchli taʼsirini oʻtkazmoqda. Barchamizga maʼlumki, dunyoda qancha millat, xalq boʻlsa, har birining oʻziga xos feʼli, urf-odat …
BatafsilFARZAND TARBIYASI
Bola tarbiyasi, unga toʻgʻri yoʻl koʻrsatish, xatolarini toʻgʻrilash nozik va jiddiy masaladir. Bu borada, ayniqsa, texnika taraqqiyoti shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda kelajak avlodga xavf solib turgan tashqi fitnalar, millat va dinimizga yot boʻlgan turli gʻoyalarga qarshi kurashib, “Ommaviy madaniyat” niqobidagi turli xil axborot xurujlaridan ogoh boʻlmogʻimiz darkor. Farzandlarimiz …
BatafsilUYGʻONISH DAVRI MARKAZIY OSIYO MUTAFAKKIRLARI DUNYOQARASHIDA BAGʻRIKЕNGLIK GʻOYALARI
Millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglik, yon-atrofimizda xavfsizlik, barqarorlik va ahil qoʻshnichilik muhitini shakllantirish, bugun Oʻzbekistonning tashqi va ichki siyosatining asosiy yoʻnalishlaridan biridir. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2022 yil 28 yanvarda PF-60-sonli Farmon bilan tasdiqlangan «2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi»[1]ning 74-maqsadi ham aynan jamiyatda millatlararo totuvlik va dinlararo bagʻrikenglik muhitini mustahkamlashga …
BatafsilYANGI OʻZBEKISTONNING LIDER QIZLARI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 19 yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 92-sonli qarori va 2022 yil 7 martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab –quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 87-sonli farmoni bandlarini tizimli bajarish maqsadida, 2022 yilning 16 mart kuni, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya …
BatafsilISLOMDA TINCHLIK DЕGANDA NIMA TUSHUNILADI?
Insoniyat yaratilganidan buyon ikki gʻoya orasida yashab kelmoqda. Bir-biriga zid bu gʻoyalarning biri bunyodkor, ikkinchisi vayronkor. Bunyodkor gʻoya bilan insonlar katta yutuqlarga erishgan. U barqaror boʻlgan jamiyatda dunyo xalqlari bir-biriga bilan bagʻrikenglik munosabatida boʻlganlar, hamjihatlikda hayot kechirganlar. Hatto qarindoshlik rishtalarini bogʻlaganlar. Buning aksi boʻlgan vayronkor gʻoya hamma vaqt jamiyatdagi tinchlik …
BatafsilTINCHLIK SHARʼIY MAQSAD, DINIY VA DUNYOVIY ZARURATDIR
Insoniyat umr davomida ezgu maqsadlarga erishish uchun doimo saʼy-harakatda boʻladi. Orzu-umidi roʻyobi, farzandlari kamolotini koʻrishi uchun eng zarur omil bu shubhasiz tinchlik va osoyishtalikdir. Bugungi globallashuv jarayoni har birimizdan yurt taraqqiyoti, avlodlar kelajagi va jamiyatning ertangi kuni uchun qaygʻurish, tinch va osoyishta hayotga raxna solayotgan turli tahdidlarga birgalikda kurashishni taqozo …
Batafsil