Home / MAQOLALAR (page 37)

MAQOLALAR

TЕMURIYLAR DAVRIDA QURʼON ILMLARI RIVOJI

Qurʼoni karimga musulmon ulamolari tomonidan doimo yuksak eʼtibor berib kelingan. Sahobalar davridan hozirgi kunimizga qadar ushbu muqaddas kitob qamragan ilmlarga doir bir qancha asarlar taʼlif etilgan. Nafaqat musulmonlar, balki musulmon boʻlmagan xalqlar ham bir necha asrlardan buyon Qurʼoni karimni eʼtibor bilan oʻrganib keladilar. Jahon tarixida sezilarli iz qoldirgan temuriylar sulolasi …

Batafsil

FIQHIY MANBALARDA TINCHLIKNING TARGʻIB QILINISHI

Markaziy Osiyo, xususan, Oʻzbekiston hududi qadimdan xilma-xil madaniyat, urf-odat va turmush tarziga ega boʻlgan, turli dinlarga eʼtiqod qiluvchi, turli tillarda soʻzlashuvchi xalqlar yashab kelayotgan oʻlkadir. Bu zaminda tinchlik va barqarorlikni asrash, unga putur yetkazadigan illatlarni bartaraf etish har bir davrning dolzarb masalalaridan biri boʻlib kelgan. Bugungi kunda ham mamlakatimizda bagʻrikenglik …

Batafsil

“HIZBUT TAHRIR” DAʼVOLARIGA RADDIYALAR (Xalifalik borasida)

Bugungi kunda oʻzlarini ahli sunna val jamoa tarkibida deb daʼvo qilib, islom davlatini barpo etishga va islom dini aqidasiga zid ishlarga daʼvat etayotgan “Hizbut tahrir” oqimi va uning domiga tushib qolganlarda atrofidagilarga nisbatan nafrat tuygʻusi shakllanib qolgan. Ular boshqalarni islomga, imon-eʼtiqodga chaqirishadi-yu, ammo qalblarida oʻzi vaʼz qilayotganlarga nisbatan nafratni saqlaydi. …

Batafsil

Inson oʻzidan yaxshi odat qoldirishi ulkan savobdir

Bugun yurtimizda bardavom boʻlib turgan tinchlik, oilamizdagi toʻkin-sochinlik Alloh taoloning bizga bergan cheksiz neʼmatidir. Tinch–osuda har bir kunda oʻzgalar mushkulini aritish, oʻksik qalblarni shod etish chin maʼnoda ulkan bir insoniylikdir. Islom fitratida kamolga yetgan har bir inson yordamga muhtoj qatlamga yaxshilik qilish harakatida boʻladi. Bu toifani Haq taolo va barcha …

Batafsil

Rahmat va magʻfirat oyi

Ramazon oyi ham kirib keldi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Makkadan Madinaga hijrat qilganlari (koʻchib oʻtganlari)dan ikki yil oʻtib, shaʼbon oyining 18-kuni Ramazon roʻzasi farz qilindi. Shundan buyon bu oyni dunyo musulmonlari katta xursandlik bilan kutib oladi. Jumladan, yurtimiz musulmonlari ham kunduzlari roʻza tutib, kechalari tarovih namozlarida qoim boʻlmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi …

Batafsil

RAMAZON OYI ROʻZASINING FAZILATLARI

Roʻza arab tilida “siyom” deb atalib, tiyilmoqni bildiradi. Shariat istilohida esa: “Roʻza tong otgandan to quyosh botguncha niyat bilan roʻzani ochuvchi narsalardan oʻzini tiymoqdir”. Roʻzani ochuvchi narsalar deganda, yemoq, ichmoq, jinsiy yaqinlik qilmoq kabilar koʻzda tutilgan. Ramazon oyining roʻzasi hijriy ikkinchi yil shaʼbon oyida farz qilingan. Bu oyning Ramazon deb …

Batafsil

ZARAFSHON VOHASIDA TASAVVUF SILSILALARI (XV-XIX asrlar) davomi

V) Kubroviya. Zarafshon vohasida ishqiya va naqshbandiya silsilalari qatorida kubroviya silsilasi ham yoyilgani manbalarda qayd etilgan. Najmiddin Kubro asos solgan mazkur tariqat, nafaqat Movarounnahr, balki, Xuroson, Eron, Hindiston keyinchalik boshqa oʻlkalarga ham kirib borgan. Najmiddin Kubroning ustozi Shayx Ismoil Qasriy, uning ustozi Shayx Muhammad Kamil, uning ustozi Shayx Dovud ibn …

Batafsil

MUBORAK OY FAZILATLARI

Bismillahir Rohmanir Rohim. Ramazoni sharifni qut-baraka oyi qilgan Alloh taologa hamdu sanolar boʻlsin. Ushbu oyni yaxshiliklar mavsumi deya uni gʻanimat bilishga chaqirgan Rasul alayhissalomga salavotu salomlarimiz boʻlsin. Prezidentimizning 2023 yil 21 martdagi “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisidaʻgi qarori butun xalqimizni nihoyatda xursand qildi. Zero, keyingi yillarda mamlakatimizda “Inson …

Batafsil

ZARAFSHON VOHASIDA TASAVVUF SILSILALARI (XV-XIX asrlar)

Zarafshon vohasi tarixiy davrlar davomida shakllangan. Uning taraqqiy etishi Zarafshon daryosi va uning irmoqlari bilan uzviy bogʻliqdir. XV-XIX asrlarda Zarafshon vohasida faoliyat koʻrsatgan ishqiya, kubroviya, naqshbandiya, yassaviya – suhravardiya, qodiriya-neʼmatullohiya, chishtiya kabi tariqatlarga nisbatan keng hudud boʻylab yoyilgan. Tariqat silsilasi xulafoi roshidun yoki choriyorlardan biri orqali Muhammad sollallohu alayhi vasallamga …

Batafsil

MUSULMONLAR VA BOSHQA DIN VAKILLARI OʻRTASIDAGI MUNOSABAT: TINCHLIK USTUVORLIGI

Hozirgi globallashuv jarayonida tinchlik dini – islomni insonlarga notoʻgʻri talqin qilayotgan guruhlar unga tuhmat toshlari otilishiga sababchi boʻlmoqda. Din niqobi ostida faoliyat yuritayotgan oqimlar, partiya va tashkilotlar muqaddas dinimiz va milliy qadriyatlarimizga katta zarar keltirmoqda. Shu va boshqa koʻplab omillar islom haqida qoʻporuvchilik bilan bogʻliq notoʻgʻri tushunchalarni shakllantirdi. Baʼzi guruhlar …

Batafsil