Home / MAQOLALAR (page 34)

MAQOLALAR

MUHADDISLAR FAZILATI

“Muhaddis” degan nom Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak hadislarini yod olib, boshqalarga toʻliq yetkazib beruvchiga nisbatan qoʻllanishining oʻzi ham bu toifaga mansub odam yuksak fazilat egasi ekanini koʻrsatib turadi. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning soʻzlari shunchaki oddiy soʻzlar emas, balki insoniyatni kufr zulmatidan imon nuriga olib chiqish, ulugʻ xulqlarni kamolga …

Batafsil

HAYZ KOʻRGAN AYOL BILAN MUNOSABAT QANDAY BOʻLADI?

Alloh taolo odamzodni har doim din orqali tarbiyalab kelgan. Uni yetkazishni Paygʻambarlar zimmasiga yuklagan. Dinlarning eng mukammali boʻlgan islomni yetkazishda Alloh taolo Muhammad sollallohu alayhi vasallamni tanlab olgan. Paygʻambar alayhissalomning har bir soʻzlari, feʼllari va turmush tarzlari biz uchun hayot dasturidir. U zotning hayotlari insoniyatga ikki dunyo saodat yoʻlini koʻrsatib …

Batafsil

UZOQ UMR KOʻRGAN SAHOBA

Paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam bilan minglab insonlar hamsuhbat boʻlgan. Biroq ularning barchasi ham sahoba boʻlish baxtiga musharraf boʻlmagan, chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni paygʻambarlik davrlarida koʻrgan, u zot bilan hamsuhbat boʻlgan va imon keltirib, moʻmin holida vafot etganlargina sahoba deyiladi. Sahobalarni faqat yaxshi sifat va yaxshi nom bilan tilga …

Batafsil

ODAMLAR ORASINI ISLOH QILISH

Har doim odamlar orasini isloh qilishga urinish va samarali vositachilik qilish ulugʻ maqsad va ijobiy natijalarni roʻyobga chiqarishda eng taʼsirli yoʻldir. Bu ikki tomonni isloh qilishda kuch ishlatishdan koʻra koʻproq samara bergan. Chunki kuch-quvvatning taʼsiri tez ketadi. Ammo yaxshi saʼy-harakatning taʼsiri inson qalbidagi gina-kuduratni sugʻurib olishga, odamlarning bir-biridan rozi boʻlib …

Batafsil

MISRDAGI “SAHIHUL BUXORIY” MAKTABI “Sahihul Buxoriy” Misr oʻlkasiga qanday kirib borgan?

Darhaqiqat, musulmonlar oʻzlaridan oldingi ummatlardan hech biriga berilmagan oʻzlariga xos buyuk xislat va fazilat sohibidirlar. U ham boʻlsa, isnoddir.[1] Shuning uchun har bir avlod vakillari oʻzlaridan keyingilarga ilmni isnod orqali naql qilib berishgan. Isnod borasida Ibn Sirin (vaf.110/728) bunday degan: “Haqiqatan, bu ilm dindir. Shunday ekan, siz oʻz diningizni kimdan oʻrganayotganingiz …

Batafsil

“SAHIHUL BUXORIY” KITOBINING ASL NUSXASI BORMI?

Imom Buxoriy oʻzining “Sahihul Buxoriy” kitobini oʻz qoʻllari bilan yozgan. Soʻngra, uni hadis oʻrganadigan koʻplab shogirdlariga oʻqib va rivoyat qilib bergan. “Sahihul Buxoriy” kitobini Imom Buxoriyning oʻzidan juda koʻplab talabalar eshitgan. Bu haqida Imom Buxoriyning eng mashhur shogirdlaridan biri Abu Abdulloh Muhammad ibn Yusuf Firabriy (vaf. 320 h.): “Muhammad ibn …

Batafsil

IMOM BUXORIYNING “TARIXUL KABIR” ASARINI ILMIY AHAMIYATI

Imom Buxoriy rahimahulloh ilmning bir necha yoʻnalishlarida koʻplab kitoblar yozganini bilamiz. U kishining mashhur va hajmi juda katta boʻlgan kitoblaridan biri “Tarixul kabir” kitobidir. Imom Buxoriyning “Tarixul kabir” kitobi Islom dinida yozilgan kitoblarning ulugʻrogʻi va roviylar tarixi haqida eng birinchi taʼlif etilgan kitoblardan biridir. Imom Buxoriydan keyin kelgan har qanday …

Batafsil

USTOZNING SHOGIRDIGA DЕGANLARI

Bu dunyoda har qaysi inson biror narsaga erishgudek boʻlsa, bunda albatta uning ota-onasi qatorida ustoz va murabbiylari muhim oʻrin tutadi. Quyida qadimda yashab oʻtgan donishmandning shogirdiga oʻgitlarini keltiramiz. Ey oʻgʻlim! Alloh taoloning Oʻzi seni toʻgʻri yoʻlga yoʻllab, ezgu amallarga muvaffaq aylasin! Sen men uchun farzandim oʻrnidasan. Seni taning sogʻlom, fahm-idrokli, …

Batafsil

HADISLARNI TOʻGʻRI ANGLASH VA SHARHLASHDA ZARUR BOʻLGAN OMILLAR

Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda ayrim kimsalar tomonidan  hadislarning notoʻgʻri talqin qilinishi, Paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning pok nomlariga va muhaddis allomalarimiz shaʼniga turli boʻhton soʻzlarning aytilishi, shuningdek omma orasida muhaddis ulamolarimizga nisbatan ishonchsizlik uygʻotishga urinishlarni koʻrmoqdamiz. Hadislarni oʻzicha tarjima  qilib, ularni toʻgʻri yoki notoʻgʻriga ajratayotgan bunday kimsalar goʻyoki oʻzini Rasululloh …

Batafsil

“SAHIHUL BUXORIY”NING QANCHA QISMI QURʼONI KARIMGA BAGʻISHLANGAN?

Imom Buxoriy rahimahullohning shoh asari boʻlmish “Sahihul Buxoriy” kitobi Qurʼoni karimdan keyingi eng moʻtabar manba hisoblanadi. Imom Buxoriy rahimahulloh uni 16 yil mobaynida yozgan. “Sahihul Buxoriy”ni yozish jarayonida taqvo masalasiga alohida eʼtibor berganlar. Xatib Bagʻdodiy bu borada Imom Buxoriyning tilidan quyidagicha rivoyat qilgan: “Gʻusl qilib, 2 rakat namoz oʻqimay turib, …

Batafsil