Home / MAQOLALAR (page 24)

MAQOLALAR

U ARSH UZRA “MUSTAVIY” BOʻLMISH RAHMONDIR

Ahli sunna val jamoa ulamolari, ulugʻ tilshunoslarning ayrimlari, masalan, Subkiy, Ibn Hojib va boshqalar “(U) Arsh uzra “mustaviy” boʻlmish Rahmondir” (Toho surasi, 5-) oyatidagi “istava” lafzi “Arshni egalladi va uni oʻz oʻrnida saqladi” maʼnosida kelgan, deydi. Alloh taolo Oʻzining qudrati bilan maxluqotlarining eng kattasi boʻlmish Arshni pastga tushib ketib, Yerni bosib qolishdan himoya …

Batafsil

BUXORIYNING OʻZI BIR UMMAT…

 Xalaf ibn Muhammad aytganlar: “Abu Amr Ahmad ibn Nasr Xaffofning: “Muhammad ibn Ismoil hadis ilmida Isʼhoq ibn Rohavayh, Ahmad ibn Hanbal va bulardan boshqalardan yigirma marta ortiqroq biluvchidir. Kimki u kishi toʻgʻrisida biror nojoʻya gap aytsa, mendan unga ming laʼnat boʻlsin. Bizga hadis aytgan Muhammad ibn Ismoil taqvodor, pokiza, olim. …

Batafsil

MUSULMON DUNYOSINING SHOH ASARI

Bugun buyuk hadisshunos Imom Buxoriy tavallud topgan kun. Sahih hadislar yaratgan muhaddis-olim 810 yil 19 iyul (ayrim manbalarda 20 iyul) kuni Buxoroda tavallud topgan. Butun umrini ilm-maʼrifatga baxsh etgan va hayotini asosan ilm maqsadidagi safarlarda oʻtkazgan. Uning shoh asari boʻlmish “Sahihul Buxoriy” insoniyat tomonidan yaratilgan kitoblar orasida birinchi, Allohning Kalomidan …

Batafsil

ODAMLARNI FOSIQLIK VA KOFIRLIKDA AYBLASHDAN OGOH BOʻLING!

Bir hadis sharhi Islom shariati doimo din, jon, mol-mulk, nomus va aqlni himoya qilib kelgan. Bularning birortasini buzgan kimsaga dunyoda ham, oxiratda ham jazo borligi taʼkidlanadi. Jumladan, odamlarni haqorat qilish, shaʼnini yerga urish, soʻkish va yomon soʻzlar bilan ayblashdek har qanday yomonlikni qoralaydi. عَنْ أَبِى ذَرٍّ رضى الله عنه أَنَّهُ …

Batafsil

ILM MAJLISIDA YIGIRMA MINGDAN ORTIQ ODAM…

Abu Ali Solih ibn Muhammad Jazara aytganlar: “Muhammad ibn Ismoil Bagʻdodda ilm darsida oʻtirardilar. Men u kishidan hadis yozib olardim. U kishining majlislarida yigirma mingdan ortiq odam toʻplanardi”.    Xatib aytganlar: “Zargar Abbos ibn Fazl Roziydan: “Abu Zurʼa afzalmi yoki Muhammad ibn Ismoil?” – deb soʻraldi. Abbos: “Men Muhammad ibn …

Batafsil

ALLOH TAOLO SIZNI BU UMMATNING KOʻRKI QILSIN!

Abu Bakr Muhammad ibn Isʼhoq ibn Xuzayma: “Osmon gumbazi ostida Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam hadislarini Buxoriydek biladigan va yod olgan kishi yoʻq”.    Hokim aytganlar: “Hofiz Muhammad ibn Yaʼqubdan eshitdim. U kishi otalarining: “Muslim ibn Hajjojning Buxoriy oldida yosh bola kabi oʻtirib savol berayotganlarini koʻrganman”, – deganlarini eshitganlar”.    Hokim …

Batafsil

USTOZNING SHOGIRDIGA DЕGANLARI

Oʻninchi dars. Ovqatlanish odobi.   Ey oʻgʻlim! Qaddi-qomating sogʻlom holda hayot kechirmoqchi boʻlsang, ovqat ustiga ovqat yemagin. Qorning och qolsa taomlan. Yeganingda zinhor qorningni toʻldirma. Zero, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Odam bolasi qornidan koʻra yomonroq idishni toʻldirmaydi”[1], deganlar. Ey oʻgʻlim! Ovqatlanishga kirishmoqchi boʻlsang, avvalo qoʻlingni yaxshilab yuv. Soʻng “Bismillah”ni ayt. Taomni …

Batafsil

FARZAND TARBIYASIDA AHAMIYATLI JIHATLAR

 “Izimizdan tarbiyali farzand qoldiraylikki, ortimizdan faqat savob yetib borsin, yomonlik bormasin”, degan ajdodlarimizning oʻgitlari bejiz emas. Islomda tarbiya vojibdir. Tarbiya esa faqat taʼsir, tartib, taftish emas, balki ilohiy amaldir. Shuningdek, tarbiya farzandni doim nazoratga olish, kuzatib borish ham deganidir.  Alloh taolo Qurʼoni karimda bunday marhamat qiladi: “Hamd olamlarning Robbi – …

Batafsil

SHOH ASARNING YOZILISH TARIXI

Imom Buxoriy tavalludining 1250 yilligiga  Imom Buxoriy 810 (194) yil 20 iyul kuni Buxoroda tavallud topgan. Butun umrini ilm-maʼrifatga baxsh etgan va hayotini asosan ilm maqsadidagi safarlarda oʻtkazgan. Uning shoh asari boʻlmish “Sahihul Buxoriy” insoniyat tomonidan yaratilgan kitoblar orasida birinchi, Allohning Kalomidan keyin ikkinchi islomiy manba sifatida eʼtirof etilgan. Alloma …

Batafsil

UMARNING SAHOBALAR OLDIDAGI SIDQ VA TAQVOLARIDЕK EDI…

Qutayba: “Agar Buxoriy sahobalar orasida boʻlganlarida, bir moʻjiza boʻlardi”, – deganlar.    Muhammad ibn Yusuf Hamadoniy aytganlar: “Biz Qutayba ibn Saʼidning huzurlarida edik. Abu Yaʼqub Shaʼroniy degan bir odam kelib, u kishidan Muhammad ibn Ismoil Buxoriy haqlarida soʻradi. Shunda Qutayba boshlarini egdilar. Keyin baland koʻtarib: “Ey eshitayotganlar, hadis va fiqh …

Batafsil