Home / MAQOLALAR (page 17)

MAQOLALAR

JANNATDAN TOʻSADIGAN AMAL

Chaqimchilik – sirni fosh qilish va ochilishi nojoiz sanalgan narsani eʼlon qilishdir. U ham gʻiybat kabi ogʻir gunohlar sirasiga kiradi. Chunki chaqimchilik fitnaning oʻt olishiga, notinchlik va urush-janjalga sabab boʻladi. Qolaversa, kishilarning qalblarida bir-biriga nisbatan gina-adovatni paydo qiladi. Bu illat odamlar oʻrtasidagi doʻstlik, mehr-oqibat va yaxshi aloqalarga putur yetkazadi. Inson …

Batafsil

HAYO XUSUSIYATI (bir hadis sharhi)

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Imon oltmish necha boʻlakdir. Hayo imondan bir boʻlakdir”, dedilar”. * * * Bu hadisda hayo alohida zikr qilinmoqda. Shu oʻrinda savol tugʻiladi: nima uchun hayoning zikri alohida keltirildi, axir u ham oltmishtaning ichiga kirar ediku? Buning bir qancha asoslari bor: …

Batafsil

“SHAMOILI BUXORIY”DA IMOM DORIMIY HAQIDA QANDAY MAʼLUMOTLAR KELTIRILGAN?

Imom Dorimiy nomi bilan mashhur Hofiz Abu Muhammad Abdulloh ibn Abdurahmon ibn Fazl ibn Bahrom ibn Abdusamad Dorimiy Samarqandiy yurtimizdan chiqqan ilk yirik muhaddislardandir. Alloma toʻqqiz sahih hadis toʻplami sirasiga kiradigan “Musnad” asarini taʼlif etgan. Ulamolar bu toʻplamni “Sunani Dorimiy” deb nomlagan. Imom Dorimiy 181/797 yili Samarqand shahrida dunyoga kelgan. …

Batafsil

KISHILARGA OZOR BERMASLIK (bir hadis sharhi)

Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Musulmon – musulmonlar uning tili va qoʻlidan omonda boʻlgan kishidir”, dedilar. * * * Hadisda odamlarga ozor berishdan saqlanish islomning eng muhim shoʻbalaridan ekani aytilmoqda. Ulamolar aytadiki, bu yerda musulmonlar soʻzi gʻolib eʼtibordan aytilgan. Bu gap musulmonlar yurtida, musulmonlar jamoasi ichida aytilgan. Bu degani musulmonlardan boshqalarga …

Batafsil

SAMARQAND VILOYATIDA FAOLIYAT YURITGAN QOZILAR  VA ULARNING TURKISTON OʻLKASI IJTIMOIY-SIYOSIY HAYOTIDA TUTGAN OʻRNI (XIX asr oxiri – XX asr boshlari)

Qozi soʻzi arab tilidagi “qazo”dan olingan boʻlib, lugʻaviy maʼnosi “kesish”, “ajratish” va “hukm qilish” maʼnolarini anglatadi. Hanafiy ulamolar taʼrifiga koʻra, oʻziga xos yoʻl bilan xusumatlarni ajratish va nizolarni kesish “qazo” deb yuritilgan. Islom dinining kirib kelishi, jamiyat hayotining barcha sohalarining shariat qoidalari asosida tartibga solinishi Oʻrta Osiyo hududida ham qozilik …

Batafsil

“AT-TARIXUL KABIR”DA NOMLARI KELGAN SAMARQANDLIK HADIS ROVIYLARI

Maʼlumki, Imom Buxoriyning “At-Taʼrixul kabir” asari hadis roviylari haqidagi ayrim maʼlumotlarni ham qamrab olgan biografik manbadir. Imom Buxoriy unga oʻzi tanigan-bilgan barcha roviylar haqidagi maʼlumotlarni kiritgan. Bular orasida Samarqandiy nisbasi bilan kelgan uch nafar roviy ham bor. Ular Ibrohim ibn Shammos Abu Isʼhoq Samarqandiy, Isʼhoq ibn Ibrohim Abu Ali Samarqandiy …

Batafsil

AMIR TEMUR DAVRI TARIXIY MANBALARIDA TURLI OʻZLIKLARNING AKS ETISHI

Amir Temur nafaqat oʻzbek davlatchiligi, balki Yevroosiyo tarixida ham yorqin iz qoldirgan. Tarixiy manbalarda u barpo etgan saltanatning kuch-qudrati, ichki va tashqi siyosati, bunyodkorlik ishlari va boshqalar haqida koʻplab maʼlumotlar keltirilgan.  Manbalarning baʼzilari xorijlik tarixchi va sayyohlar qalamiga mansub. Ushbu maqolada biz ulardagi ayrim maʼlumotlarni oʻzlikni anglash nuqtayi nazaridan tahlil …

Batafsil

OʻZBEKISTON VA TURKIYA OʻRTASIDAGI ALOQALARNING RIVOJLANISH TARIXI

XX asrning 90-yillari boshida dunyoda sodir boʻlgan geosiyosiy oʻzgarishlar natijasida Markaziy Osiyo mintaqasida bir qator mustaqil davlatlar tashkil topdi. Mustaqil davlatlar oʻrtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy sohalardagi oʻzaro hamkorlik hamda xalqaro maydonda Oʻzbekiston Respublikasi oʻz milliy manfaatlarini himoya qilishida, eng avvalo, Yevropa va Osiyo mintaqasidagi rivojlangan davlatlar bilan oʻzaro manfaatli aloqalar …

Batafsil

VAHIYNING KELISHI (bir hadis sharhi)

عَنْ عَائشَةَ أُمِّ المؤْمِنِينَ رَضي الله عَنْها أنَّ الحَارثَ بْنَ هشَام رضي الله عَنْه سَأَلَ رَسُولَ الله صَلى الله عَلَيه وَسَلم فَقَالَ: يَا رَسُولَ الله، كَيْفَ يَأْتِيكَ الوَحْيُ؟ فَقَالَ رَسُولُ الله صلى الله عليه وسلم: أحْيَانًا يَأْتِيني مِثْلَ صَلْصَلَة الجَرَس، وَهُو أَشَدُّهُ عَلَيَّ، فيُفْصَمُ عَنِّي وَقَدْ وَعَيْتُ عَنْهُ مَا قَالَ، …

Batafsil

TILGA EʼTIBORSIZ – ELGA EʼTIBORSIZ

Til insonning eng mukarram, shu bilan birga, eng xatarli aʼzosidir. Agar inson uni yaxshilikka ishlatsa, ulkan ajr-mukofotga ega boʻladi. Bordi-yu yomonlikka ishlatsa, malomatga qoladi. Oqil moʻmin shirin soʻzli va ochiq yuzli boʻladi. Fitna va yomonlikdan yiroq turadi. Tilini yolgʻon, gʻiybat va chaqimchilik bilan odamlar orasida nizo keltirishdan saqlaydi.          Qurʼoni …

Batafsil