Baxillik – insonni dunyoda xorlikka, oxiratda azobga yetaklaydigan eng ogʻir maʼnaviy illatlardan biri. Qurʼoni karimda ham, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadislarida ham bu illat qatʼiy qoralangan. Ulugʻ olimlar va solih zotlar uni eng yomon xulqlardan deb taʼriflagan. Baxillik saxovatning ziddi boʻlib, mol-dunyo sarflanishi lozim boʻlgan oʻrinlarda uni ushlab qolish, bermaslik …
BatafsilIMOM BUXORIYNING “AL-JOMEʼ AS-SAHIH” ASARINING ISLOM ILMLARI RIVOJIGA QOʻSHGAN HISSASI
Movarounnahr diyoridan jahon sivilizatsiyasi va islom tamadduni rivojiga katta hissa qoʻshgan mufassir, muhaddis, mutakallim va faqih allomalar yetishib chiqqan. Manbalarda keltirilishicha, birgina hadis ilmi boʻyicha uch mingdan ziyod muhaddis yurtimizda faoliyat olib borgan. Islom olamida hadis ilmi ustozlari sanalgan Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Dorimiy, Abdulhamid Keshiy, Haysam Shoshiy va …
BatafsilYANGI QIYOFADAGI IMOM BUXORIY MAJMUASI: YETUKLIK RAMZI VA BUNYODKORLIK SALOHIYATI TIMSOLI
Tamaddun tafakkuri El-yurtimizning fidokorona mehnati bilan bugun orzu-niyatlarimiz roʻyobga chiqdi. Bu betakror ziyoratgohni Imom Buxoriy bobomizning olamshumul mavqeyiga, yuksak maqomiga munosib darajada bunyod etishga muyassar boʻldik. Mana shunday tabarruk maskan barchamizga muborak boʻlsin. Shavkat MIRZIYOYEV, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Imom Buxoriy bobomizning islom olamida qanday yuksak maqom va mavqega ega ekanini …
BatafsilMUQADDAS MANBALARDA MARHUMLARNI XOTIRLASH VA TIRIKLARNI QADRLASH HAQIDA
Islom dini insonlarni odob-axloq, yaxshilik va ezgulikka chorlaydi. Shu bois, islom dinida oʻtganlarni xotirlash, ularning haqiga duo qilish va tiriklarni qadrlash targʻib qilinadi. Qurʼoni karimda Alloh taolo musulmon ummatini oʻtganlarni xotirlab, haqiga duo qiladigan ummat, deb taʼriflagan. Dinimizda oʻtganlarni eslash, haqqiga duo va xayr ehson qilish ibodat sanaladi. Shu bilan …
BatafsilHADIS QABUL QILIB OLISH VA YETKAZISHDA ABU JA’FAR MUSTAG‘FIRIY QO‘LLAGAN SO‘ZLAR TAHLILI
Mustagʻfiriy rivoyat qilgan hadislarini usuli hadis nuqtayi nazaridan baholagan. Bu ilmning asosiy mezonlaridan biri boʻlgan tahammul (hadisni qabul qilib olish) va ado qilish (yetkazish) siygʻalaridan (soʻzlaridan) foydalanishda juda ehtiyotkor va puxta boʻlgan. Darhaqiqat, buni uning “Fazoilul Qurʼon” asaridagi iboralar va ifodalaridan ham anglash mumkin. Mustagʻfiriy bayon qilgan bu jumlalar, taʼkidlaganimizdek, …
BatafsilZAIF VA TOʻQIMA HADISLARGA NAZAR
Hayotda oʻrnini topmagan, odamlardan norozi, xorijdan “panoh tilagan” ayrim shaxslar “chetga chiqib bildimki, yurtimizda amal qilinayotgan koʻplab hadislar zaif yoki toʻqima ekan, hozir bizda hadis ilmi rivojlanmaganmi!?” degan savol bilan fitnali daʼvolarni ilgari surmoqda. Bunday qarashlar koʻpincha hadis ilmining tarixi va metodologiyasini yetarlicha bilmaslik natijasida paydo boʻladi. Bu savolga “din …
BatafsilHIJRAT VA UNING NOTOʻGʻRI TALQINI
Hijrat oʻta nozik masalalardan hisoblanadi. Chunki u insonning yashash joyi, dini va jamiyat bilan munosabati kabi muhim jihatlar bilan bogʻliq. Shu sababli ulamolar bu masalaga Qurʼon va Sunnatga tayanib, juda ehtiyotkorlik bilan yondashgan. Afsuski, ayrim toifalar odamlarning oyat va hadislarni chuqur tushunmasligidan foydalanib, ularni oʻz gʻarazli maqsadlari yoʻlida talqin qilmoqda. …
BatafsilUmrboqiy merosdan – yangi yuksalishga
Mamlakatimiz azal-azaldan jahon tamadduni taraqqiyotiga beqiyos taʼsir koʻrsatgan, unga yangi ruh, yangi mazmun bagʻishlagan muqaddas makon sifatida eʼtirof etib kelinadi. Bu zaminda shakllangan ilmiy va maʼnaviy meros asrlar davomida insoniyat tafakkuriga yoʻl koʻrsatib kelgani bilan alohida ahamiyatga ega. Bugungi kunda esa dunyo hamjamiyati yurtimizning mutlaqo yangi bosqichga koʻtarilgan taraqqiyotini diqqat …
BatafsilISLOMDA MAʼNAVIY POKLIK
“Maʼnaviy poklik” tushunchasi inson maʼnaviyatining yuksakligi, boyligi, teranligini taqozo etuvchi fazilatlar majmuini ifodalaydi. U insonning balogʻatga yetganidan umrining oxiriga qadar qanday maʼnaviy mezonlar asosida hayot kechirishini belgilaydigan bilim, tarbiya, tajriba va tasavvurlardan tarkib topadi. Maʼnaviy poklik haqida soʻz yuritishdan avval maʼnaviyatning oʻziga qisqacha toʻxtalsak. Arabcha “maʼno”, “maʼnolar majmui” mazmunidagi bu …
BatafsilIXLOS VA UNING EʼTIROFI: MUVOZANAT QAYERDA?
Soʻnggi paytlarda ayrim doiralarda “moʻmin kishi odamlardan hech qanday eʼtibor yo mukofot kutmasligi, din yoʻliga chiqqan inson natija haqida oʻylamasligi kerak, shuningdek, odamlardan maqtov yo tashakkur eshitishga haqqi yoʻq” degan mazmundagi gap-soʻzlar tarqalmoqda. Bir qarashda bu fikrlar chin ixlosga daʼvatdek tuyulsa-da, aslida ilmiy va sharʼiy jihatdan jiddiy muammolarni oʻz ichiga …
Batafsil
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz





