Home / HALOLLIK VA MA’RIFAT (page 2)

HALOLLIK VA MA’RIFAT

Mehnat — ibodatning eng ulugʻ koʻrinishi

Dinimizda kasb-hunar egallashga intilish va ishtiyoq qadrlanadi va kishining oʻz qoʻli bilan qilgan mehnati Parvardigoriga yaqinlashtiruvchi eng afzal va sharafli amal deb hisoblanadi. Imom Gʻazzoliy bejiz bunday demagan: “Bilib qoʻying, inson oʻzi va ahlini odamlardan behojat qilishi va oilasiga kerakli narsalarni olib berish uchun mehnat qilishi nafl ibodatlardan afzaldir. U …

Batafsil

Mehnat — ibodat: sahobalar hayotidan ibrat

Kasb-hunar bobida sahobalar hayoti biz uchun eng goʻzal namunadir. Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam asʼhoblarining hammasi oʻz kasbi bilan mashgʻul boʻlgan. Xususan, Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu mato savdosi, Usmon ibn Affon, Talha, Abdurahmon ibn Avf roziyallohu anhum savdogarlik, Zubayr ibn Avvom roziyallohu anhu qassoblik, Saʼd ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhu …

Batafsil

Hunarga yoʻgʻrilgan iymon

Halol kasb-hunar bobida Nabiy sollallohu alayhi vasallamning merosxoʻrlaridan sanalgan allomalarning hayoti biz uchun eng goʻzal namunadir. Abu Hanifa rahmatullohi alayhning yoʻqligida, shogirdi Madina shahridan kelgan bir kishiga 400 dirhamlik qalin kiyimni 1000 dirhamga sotib yuborgan. Bundan xabar topgan ustozi uni qattiq koyidi va doʻkondan chetlatgan. Xaridorning tashqi koʻrinishini soʻrab olib, …

Batafsil

Halollikning qudrati

Bir safar aeroportdan mehmonxonaga taksi oldim. Mashina toza, haydovchi xushmuomala edi. Oʻzini Ahmad deb tanishtirib, qoʻlimga kartochka berdi: “Vaqtingiz xayrli oʻtsin. Mening vazifam — sizni manzilingizga eng tez, eng xavfsiz, eng kam xarajat va eng muhimi — halol xizmat ila yetkazish”. Yoʻlda menga yana turli qulayliklarni taklif etdi. — Hamma …

Batafsil

Tokio taksisidagi halollik darsi

Yaponiya poytaxti Tokioda bir kishi taksi to‘xtatar ekan til bilmasligi tufayli o‘zi bormoqchi bo‘lgan institut nomini aytib qo‘ya qoldi. Taksi haydovchisi tushundi shekilli, bosh irg‘adi va yapon madaniyatiga xos holda yo‘lovchiga hurmat yuzasidan mashina eshigini ochdi. Yo‘lga tushishlari bilan taksi haydovchisi hisoblagichni yoqdi, bir muncha vaqt o‘tgach, uni o‘chirib qo‘ydi …

Batafsil

HALOLLIK – JAMIYAT BARQARORLIGINING ASOSI

Halollik imonning quvvati va jamiyatning mustahkam tayanchidir. Bu tushuncha nafaqat moddiy boylik topishning oʻzi, balki oʻsha uning manbai, yoʻllari va sarflanishi ham pok boʻlishi lozimligini anglatadi. Insoniyat tarixiga nazar tashlasak, qaysi jamiyatda halollik va diyonat ustuvor boʻlgan boʻlsa, oʻsha yerda tinchlik, baraka va taraqqiyot hukm surganini koʻramiz. Aksincha, harom luqma, …

Batafsil

HALOL KASB – FAROVONLIK OMILI

Oyat va hadislarda insonning oʻz qoʻli bilan qiladigan ishi eng yaxshi kasb ekani taʼkidlangan. Qurʼoni karimda – temirchilik, duradgorlik, dehqonchilik va qurilish, hadislarda – dehqonchilik, chorvachilik, bogʻdorchilik, hunarmandlik, sanoatchilik va savdogarlik kabi kasblar tilga olingan. Bugungi xizmat koʻrsatish sohasining koʻp tarmoqlarini shu savdogarlikning tarkibiga kiritish mumkin. Chunki bu xizmatlar pirovard …

Batafsil

“MENING BU ISHIM HALOLMI?”

Mushohada Bugungi kunda jahon hamjamiyati diqqat markazida turgan Oʻzbekiston – yangilanish, maʼrifat va insonparvarlik sari dadil qadam tashlayotgan mamlakatdir. Bu jarayonning markazida Prezident Shavkat Mirziyoyev ilgari surgan “Uchinchi Renessans” gʻoyasi yotadi. Ushbu gʻoya nafaqat milliy tiklanish, balki butun insoniyat uchun maʼnaviy uygʻonish va hamkorlik, madaniy yuksalish konsepsiyasi sifatida eʼtirof etilmoqda. …

Batafsil

HALOL INSON OʻZGAGA HAM HALOLLIK TILAYDI

Bir sinfdoshimizning togʻasi oʻtgan asrning 90-yillari boshida Turkiyada taʼlim olib kelgan. Joʻramiznikiga borgan paytlar u ham yoʻqlab kelib qolgan boʻlsa, birgalashib gapga tutamiz. Bir gal Turkiyada jamoat transportidan foydalanish tartibi oʻsha vaqtlari qanday boʻlgani haqida soʻzlab berdi: – Endi qiziq-da. Chipta bekatlarda sotiladi. Uni sotib olib, avtobusga faqat oldi eshikdan …

Batafsil

Halollik – insoniyatning taraqqiyot manbai

Mulohaza Xalqimiz orasida bir gap bor: “Halol mehnat qilganning barakasini Alloh oʻzi berur”. Bolaligimizdan yaxshi biladigan bu ibora shunchaki taskin yoki tasodifan paydo boʻlgan naql emas, balki avlodlar tajribasida pishgan, hayotning oʻzi bilan isbotlangan haqiqatdir. Har bir oilada, har bir mahallada, har bir kasb-hunar sohibining tilida aylanib yuradigan bu gʻoya …

Batafsil