Home / MAQOLA

MAQOLA

DIN NIQOBIDAGI BUZGʻUNCHILIKKA QARSHI TINCHLIK GʻOYASI

Insoniyat umr davomida ezgu maqsadlarga erishish uchun doimo saʼy-harakatda boʻladi. Orzu-umidi roʻyobi, farzandlari kamolotini koʻrishi uchun eng zarur omil bu shubhasiz tinchlik va osoyishtalikdir. Bugungi globallashuv jarayoni har birimizdan yurt taraqqiyoti, avlodlar kelajagi va jamiyatning ertangi kuni uchun qaygʻurish, tinch va osoyishta hayotga raxna solayotgan turli tahdidlarga birgalikda kurashishni taqozo …

Batafsil

OYATLARNI NOTOʻGʻRI TALQIN QILISH VA TAKFIR FITNASI

Islom dini insonlarni ilm, hamjihatlik va ahillikka chorlaydi. Ular orasida johillik, firqalanish va oʻzaro kelishmovchilik keltirib chiqaradigan har qanday gʻoya, qarash va chaqiriqlarni keskin qoralaydi. Axborot asri boʻlmish hozirgi kunlarda har xil radikal va ekstremistik gʻoya egalari musulmonlarni oʻn toʻrt asrdan beri amalda boʻlib kelgan toʻrt fiqhiy mazhab ulamolarining asarlari …

Batafsil

XALIFALIK NOMI BILAN QILINGAN FITNALAR

Maʼlumki, Islom dini avvalida musulmonlar jamiyatining boshqaruvi bevosita paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam boshqaruvlarida boʻlgan. U zot vafotlaridan soʻng musulmonlar jamiyati xalifalar boshqaruviga oʻtdi. Keyinchalik Islom sarhadlari kengayib xalifalik ham turli hududlarga boʻlinib ketdi va alaloqibat musulmon oʻlkalarida nomi xalifalik, boshqaruv tuzumi mulkchilikka, maʼlum bir hududlarga asoslangan podshohliklar vujudga …

Batafsil

IKKI NAMOZNI QOʻSHIB OʻQISH – NOZIK MASALA bu borada ulamolar nima deydi?

Ikki farz namozni qoʻshib, yaʼni oldinma-ketin oʻqish masalasi fiqhda muhim va ixtilofli mavzulardan hisoblanadi. Baʼzilar “Ikki namozni yomgʻir paytida, safarda boʻlmay turib ham masjidda jamlab oʻqisa boʻladi. Yomgʻir yogʻayotganda masjidga borish qiyin boʻlib qolsa, asr bilan peshin, shom bilan xufton qoʻshib oʻqib ketilaveradi. Bu sunnatda bor narsa – Rasululloh sollallohu …

Batafsil

MAZHABLAR – BIRLIK RAMZI

Fiqh ilmining rivojlanishi islom dini avvalidan boshlab bosqichma-bosqich rivojlanib kelgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va sahobiylar davrida asos solingan fiqh ilmi insoniyatning Alloh taolo uchun bajaradigan va jamiyatda qiladigan amallarini tartibga solish va tizimlashtirishni nazarda tutadi. Shu bois u zamon yoʻsiniga qarab doimiy taraqqiyotda boʻlgan. Fiqh – “bilmoq” maʼnosini bildirib, …

Batafsil

MAZHABGA ERGASHISH SUNNAT, MAZHABSIZLIK BIDʼATDIR

Fatvo berishni Paygʻambar alayhissalomning oʻzlari boshlab berganlar. U zot ochiq-oydin vahiyga suyanib, Alloh taolo nomidan fatvo berganlar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning fatvolari islom fiqhining Qurʼoni karimdan keyingi asosiy manbasi boʻlib qolgan. U zot sahobalariga fatvo berish, ijtihod qilish va qiyosdan foydalanish yoʻllarini amaliy jihatdan koʻrsatib berganlar. Sahobalar roziyallohu anhum Paygʻambar …

Batafsil

ISLOM – DINIY EKSTREMIZM VA TERRORIZMGA QARSHI

Islom dini asosan uch qismdan iborat: ✅ Imon – aqida masalalari; ✅ Islom – shariat masalalari; ✅ Ehson – tariqat masalalari. Bugungi kunda diniy ekstremistik tashkilotlar davlatlar, xalqlar, diniy qarashlar oʻrtasida, birinchi navbatda, millatchilik va diniy ayirmachilikni keltirib chiqarishni, shu yoʻl bilan bir davlatda yashayotgan turli millat vakillari oʻrtasida milliy, …

Batafsil

AYOLNING ILM OLISHI – MAJBURIYAT!

Bugungi kunda baʼzi davralarda “ayollar oʻqimasin”, “oʻqisa erkakka koʻrinadi” yoki “oʻqish faqat erkaklarga kerak” degan fikrlar tarqalmoqda. Bu gaplar avvalo din nomi bilan aytilgani uchun odamlar orasida shubha uygʻotadi. Ammo haqiqiy islom taʼlimotiga qaraydigan boʻlsak, bunday daʼvolarning na Qurʼon, na Sunnat, na ilmda asosi bor. Ayollar taʼlimi jamiyat taraqqiyotining muhim …

Batafsil

IXTILOF HALOKATGA SABAB BOʻLADI

(Bir hadis sharhi) Baʼzan odamlar Qurʼonning turli qiroatlarini eshitganda, oʻzi bilmay turib, ularni xato deb baholaydi. Oqibatda tortishuvlar yuzaga keladi. Qurʼoni karim Alloh taoloning kalomidir. U Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga Jabroil alayhissalom orqali nozil qilingan. Alloh taolo arab qabilalarining anglashi yengil boʻlishi va Kitobning ilohiy moʻjizaligini namoyon etish uchun uni …

Batafsil

MOTURIDIYLIK AQIDASI SOXTA DAʼVATCHILARGA NIMA DEYDI?

Islom dinida aqida eng muhim sohalardan sanaladi. U hamma narsaning asosi boʻlib, bandaning ibodati ham, dunyoqarashi ham, turmush tarzi ham, shaxsiy va ijtimoiy munosabatlari ham shunga qarab shakl oladi. Moʻmin-musulmon inson oʻz aqidasi, imon-eʼtiqodi qanchalar mustahkam ekanini hech ham nazardan qochirmasligi kerak. Ayniqsa, fitnalar avj olgan hozirgi davrda har bir …

Batafsil