Home / Markaz (page 430)

Markaz

XALQ MAORIFIGA NAZAR

Ilm-fan taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshgan allomalarning maʼlum guruhi Turkiston zaminida yetishib chiqqanligi bizga gʻurur va kuch beradi. Buning zamirida ilm-maʼrifat, tarbiya maskani boʻlmish maktab va madrasalar katta oʻrin tutgani barchamizga ayon. Azaldan jaholatga qarshi qurol maʼrifat ekanligini anglagan Turkiston ilm peshvolari taʼlim tizimini isloh etib, bolalarni zamona ilmidan bahramand qilish …

Batafsil

EKSTRЕMIZM VA TЕRRORIZMGA QARSHI MAʼRIFIY YOʻL BILAN KURASHISH USULINI EKSPЕRTLAR YUQORI BAHOLAMOQDA

TINCHLIK — buyuk neʼmat, inson hayotining birlamchi sharti hisoblanadi. Osuda hayot, yaratuvchanlik, farovonlik, umuman, barcha ezgu maqsadlarimizning roʻyobi, eng avvalo, shu neʼmatga bogʻliq. Shuning uchun ham, qadimdan barcha xalqlar tinchlikni asrash uchun moli-yu joni bilan kurashib kelgan. Ammo voqelik tinchlik koʻplab mamlakatlar uchun hali-hanuz orzu boʻlib qolayotganini koʻrsatmoqda. Hozirda mamlakatlar …

Batafsil

IKKI OʻGIT TARIXI

Birinchi hikoya Toʻychi bobo aytadi (otamning onasining otasi): – Moʻlla bova (otamning otasining otasi) yoshi oʻtib qolganidan keyin jumaga (namozga) borishga yaramay qoldi. Oʻsha kezlari odamlar jumadan qaytadigan paytni poylab, darvozaning oldiga chiqib oʻtirar, oʻtayotganlardan “Ha, Falonchi, namozdan kelyapsanmi?” deb soʻrardi. “Ha, moʻlla bova!” deyishardi. U “Imom qaysi suralarni oʻqidi?” …

Batafsil

BUYUK ALLOMAGA MUNOSIB TUHFA

Aksariyat buyuk ajdodlarimiz yozma manbalarda ulugʻvor nomlar bilan sharaflangan. Masalan, Abu Nasr Forobiy “ikkinchi muallim”, Mahmud Zamaxshariy “Allohning qoʻshnisi”, Imom Moturidiy “barcha musulmonlar eʼtiqodini tuzatuvchi”, Abu Muin Nasafiy “haqiqat qilichi”… Bu roʻyxatni uzoq davom ettirish mumkin. Shuningdek, Imom Buxoriy ham islom olamida “muhaddislar imomi”, “hadis ilmining sultoni” kabi bir qator …

Batafsil

Islomda diniy bagʻrikenglik asoslari

Oʻzbekiston xalqi azaldan bagʻrikeng va mehmondoʻst boʻlib kelgan. Qadimdan zaminimizda yashagan millat va elatlar bir-biriga yelkadosh boʻlib, ogʻirini yengil qilishgan. Shuning uchun xursandchilikda ham, toʻyu maʼrakada koʻp millatli xalqimiz bir-birlari bilan hamkoru hamjihat boʻlib yashashgan. Yurtimizda yashovchi turli din vakillariga diniy marosimlarini oʻtkazishlari va mamlakat hayotida faol ishtiroklari uchun barcha shart-sharoitlar muhayyo …

Batafsil

YUNESKO Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligini nishonlash haqida qaror qabul qildi

YUNESKO Ijroiya Kengashining 211-sessiyasida buyuk olim Abu Rayhon Beruniy (973-1048) tavalludining 1050 yilligi YUNESKO shafeligida 2022-2023 yillarda keng nishonlanishi bo‘yicha qaror qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari, YUNESKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiyasi raisi Aziz Abduhakimovni ta’kidlashicha mazkur yubiley sanasini YUNESKO rahnamoligida nishonlash tashabbusi O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ishlab chiqilgan va …

Batafsil

Jaʼfar ibn Muhammad Mustagʻfiriy kim edi?

Alloma Xuroson, Marv va Saraxsda shunchalar kuchli ustozlardan saboq oldiki, natijada oʻsha paytlari ilm markazlari sanalgan Iroq, Shom va Hijozga alohida safar qilishiga zarurat qolmadi. Qadimda koʻhna Nasaf buyuk allomalar yetishib chiqqan koʻplab sulolalari bilan mashhur boʻlgan. Shulardan biri Mustagʻfiriylardir. Tarixchi alloma Samʼoniy oʻzining “Al-ansob” asarida bu muborak oilaning eng …

Batafsil

YANGI MAJMUA IMOM BUXORIY BOBOMIZNING ISLOM OLAMIDAGI MAQOMIGA MUNOSIB BOʻLADI

Bismillahir Rohmanir Rohiym. Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda ajdodlarimiz merosini chuqur oʻrganish, qadamjolarni yanada obod etish borasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlar xalqimiz maʼnaviyatini yanada yuksaltirish, ilm-maʼrifatini boyitish, milliy gʻururini oʻstirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Samarqandda buyuk muhaddis Imom Buxoriy bobomiz majmuasining mutlaqo zamonaviy, koʻrkam loyihada bunyod etilayotgani bu boradagi ishlarning …

Batafsil