SOʻZ – ANJUMAN ISHTIROKCHILARIGA!
Muhammad Elmetvalli Ali Fadel – Al-Azhar universiteti professori:
“Nabaviy sunnatni asrash — ilm va maʼrifat ahlining alohida masʼuliyati”
Ushbu ulugʻvor ilmiy anjumanda ishtirok etayotganimdan katta faxr va mamnuniyat his qilmoqdaman. Bu goʻzal yurtda koʻrgan taraqqiyot, yuksak madaniyat va islomiy merosga koʻrsatilayotgan eʼtibor qalbimni quvonchga toʻldirdi. Alloh taolodan Oʻzbekiston rahbariyati va xalqini Oʻz barakoti bilan siylashini, amalga oshirilayotgan ezgu ishlarini ularning savoblar mezoniga ziyoda qilib yozishini soʻrayman.
Nabaviy sunnatga qarshi turli urinishlar yangi hodisa emas, balki tarix davomida kuzatilib kelgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak sunnatlariga shubha uygʻotish, haqiqiyligini inkor etishga qaratilgan harakatlar turli davrlarda sodir boʻlib turgan.
Bunday “magʻzava toʻkish”ga urinishlar faqat hadis kitoblari emas, balki sunnatni avlodlarga yetkazgan buyuk muhaddislar va ulamolarga nisbatan ham qilingan. Shuning uchun nabaviy sunnatni ilmiy asosda oʻrganish, uning haqiqiy mohiyatini anglash va kelajak avlodlarga toʻgʻri yetkazish barchamizning muhim vazifamizdir.
Sunnat – musulmon ummatining maʼnaviy merosi, hidoyat va yuksak axloq manbai. Uni asrash, oʻrganish va himoya qilish ilm ahlining doimiy masʼuliyati boʻlib qoladi.
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz





