Home / YANGILIKLAR / “Isnod tizimini ijtimoiy va tarixiy nuqtayi nazardan oʻrganish Imom Buxoriy uslubining ahamiyati katta”

“Isnod tizimini ijtimoiy va tarixiy nuqtayi nazardan oʻrganish Imom Buxoriy uslubining ahamiyati katta”

SOʻZ – ANJUMAN ISHTIROKCHILARIGA!

Snober AHMAD – Turkiyadagi “Istanbul 29 May” universiteti dotsenti:

Isnod tizimini ijtimoiy va tarixiy nuqtayi nazardan oʻrganish Imom Buxoriy uslubining ahamiyati katta

“Sahihul Buxoriy” muallifi rivoyat tizimining ishonchliligini baholashda faqat isnod zanjiri bilan cheklanib qolmasdan, uning ortidagi ijtimoiy, ilmiy, tarixiy va geografik aloqalarni ham oʻrgangan.

Isnod roviylar oʻrtasidagi real munosabatlar asosida shakllangan boʻlib, bu aloqalarning mustahkamligi rivoyatning ishonchliligini belgilaydi. Roviylar oʻrtasidagi ustoz-shogirdlik, safarlar, uchrashuvlar va boshqa tarixiy bogʻliqliklar ishonchli dalillar bilan tasdiqlansa, rivoyat tizimining haqqoniyligi yanada kuchayadi.

«Isnodlarning ijtimoiy ilmi» yondashuviga asoslanamiz. Negaki, Bu isnodlarni faqat tashqi shakl sifatida emas, balki ularning ortidagi ijtimoiy va tarixiy jarayonlar bilan birga tahlil qilish zarur. Bu yondashuv sharqshunoslarning ayrim qarashlarini qayta koʻrib chiqish imkonini ham beradi.

Shuningdek, turli rivoyat tizimlarini qiyosiy oʻrganishda roviylar oʻrtasidagi real munosabatlar – qarindoshlik, ustoz-shogirdlik, safarlar va ilmiy aloqalar muhim mezon boʻlib xizmat qiladi. Bunday murakkab va koʻp qirrali aloqalar mavjud boʻlgan holda, rivoyat tizimlarini sunʼiy ravishda yaratilgan deb baholash qiyin.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

“Liviyada “Sahihul Buxoriy”ga ilmiy eʼtibor katta”

SOʻZ – ANJUMAN ISHTIROKCHILARIGA! Abdulhamid Muhammad Said ELAZABIY – Liviyadagi Sifat va faoliyatni baholash boshqarmasi …