Home / YANGILIKLAR / “Imom Buxoriyning fiqhiy merosi va ilmiy qarashlari hamon dolzarb”

“Imom Buxoriyning fiqhiy merosi va ilmiy qarashlari hamon dolzarb”

SOʻZ – ANJUMAN ISHTIROKCHILARIGA!

Muhammad Anas Sarmini – Istanbul “29-may” universiteti professori:

“Imom Buxoriyning fiqhiy merosi va ilmiy qarashlari hamon dolzarb”

Avvalo, ushbu ilmiy anjumanni tashkil etishga xizmati singgan barcha tashkilotchilar va ilmiy qoʻmita aʼzolariga, ayniqsa, muhtaram ustoz doktor Muhammad Nosiriyga samimiy minnatdorlik bildiraman. Ularning mehnati va dastagi tufayli bugun ushbu minbardan soʻzlash imkoniga ega boʻldim. Alloh taolo ularni bu ezgu xizmatlari uchun munosib mukofotlasin.

Imom Buxoriy haqida u zot yashab, ijod qilgan muborak yurt – Buxoro va Samarqand zaminida soʻz yuritish men uchun katta sharaf bilan birga ulkan masʼuliyatdir. Alloh taolodan haqiqatni toʻgʻri bayon etish va munosib soʻzlashda tavfiq berishini soʻrayman.

Bugungi maʼruzam Imom Buxoriyning fiqhiy qarashlari va ilmiy yondashuvlariga bagʻishlangan. Xususan, u zotning fiqhiy tafakkuri faqat «Al-Jomeʼ as-sahih» asaridagi bob sarlavhalari orqali namoyon boʻlganmi yoki asarning boshqa qismlaridan ham uning huquqiy va ilmiy qarashlarini anglash mumkinmi, degan masala haqida fikr yuritganman.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

““Sahihul Buxoriy” – ishonchli rivoyat anʼanasi”

SOʻZ – ANJUMAN ISHTIROKCHILARIGA! Abdul Ati SHARQOVIY – “Ilm” merosni tiklash va raqamli xizmatlar muassasasi …