Home / YANGILIKLAR / Imom Buxoriy merosi – musulmon ummatini birlashtiruvchi maʼnaviy koʻprik

Imom Buxoriy merosi – musulmon ummatini birlashtiruvchi maʼnaviy koʻprik

SOʻZ – ANJUMAN ISHTIROKCHILARIGA!

Doktor Fahmiy AHMAD – Iroqdagi Imom Aʼzam Abu Hanifa Nuʼmon universiteti ustozi:

“Imom Buxoriy merosi – musulmon ummatini birlashtiruvchi maʼnaviy koʻprik”

Bismillahir rohmanir rohim

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuh!

Bugungi qutlugʻ anjumanda ishtirok etish men uchun katta sharafdir. Avvalo, ushbu nufuzli tadbirni yuksak saviyada tashkil etgan Oʻzbekiston rahbariyatiga samimiy minnatdorlik bildiraman.

Biz Islom sivilizatsiyasi markazi va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik ishlariga guvoh boʻldik. Bu yangilanishlar buyuk ajdodlarimiz merosini asrash va kelajak avlodlarga yetkazishga yuksak eʼtiborning yorqin namunasidir.

Sizlarga Iroq zaminidan – paygʻambarlar, sahobalar, ahli bayt va buyuk ulamolar yurtidan samimiy salomlar olib keldim. Bu zamin Imom Abu Hanifa, Hasan Basriy, Junayd Bagʻdodiy, Shayx Abdulqodir Jiyloniy kabi buyuk allomalarni yetishtirgan muborak diyordir.

Imom Buxoriy hazratlarining ilmiy merosi Iroqda yuksak qadrlanadi. U zotning «Al-Jomeʼ as-sahih» asari asrlar davomida ulamolar uchun eng ishonchli va eng muhim hadis manbalaridan biri boʻlib kelmoqda.

Bugun sizlarga alohida maʼnaviy hadya olib keldim. Bu – Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning Ravzai muboraklaridan keltirilgan tabarruk gilamdir. Uni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga hurmat va muhabbat ramzi sifatida taqdim etishdan baxtiyorman. Tilagim shuki, ushbu muborak hadya mazkur dargohning fayziga fayz qoʻshsin, bu maskan esa qiyomatga qadar ilm, maʼrifat va hidoyat markazi boʻlib qolsin.

Alloh taolo Imom Buxoriy merosini asrab-avaylash va targʻib etish yoʻlida xizmat qilayotgan barcha insonlarni Oʻz panohida asrasin va ezgu ishlarini barakali qilsin!

Vassalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuh.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Oʻzbekiston-Ozarbayjon munosabatlari– mushtarak meros, qardoshlik va maʼnaviy birlik ramzi

SOʻZ – ANJUMAN ISHTIROKCHILARIGA! Shayxulislom Allohshukur POSHOZODA – Kavkaz musulmonlari idorasi raisi: “Oʻzbekiston-Ozarbayjon munosabatlari – …