Home / YANGILIKLAR / “Imom Buxoriy – hadis ilmining sultoni va ishonch timsoli”

“Imom Buxoriy – hadis ilmining sultoni va ishonch timsoli”

SOʻZ – ANJUMAN ISHTIROKCHILARIGA!

Salim MALIK – ICESCO Bosh direktori:

Faqihlar va ishonchli ulamolar oʻz ilmi va yuksak fazilatlari bilan tarixda oʻchmas iz qoldiradi. Ana shunday buyuk siymolardan biri Imom Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Buxoriy rahimahullohdir.

Hadis ilmining sultoni bu zot taqvosi, ehtiyotkorligi va ilm yoʻlidagi fidoyiligi bilan butun islom olamida yuksak ehtiromga sazovor boʻlgan. Zamondoshlari uni haqiqat yoʻlidagi matonati va sobitqadamligi uchun alohida eʼtirof etgan.

Imom Buxoriy hadis ilmini yuksak bosqichga olib chiqqan, roviylar haqida ilmiy tadqiqotlar olib borgan ilk allomalardan hisoblanadi. Uning «Al-Jomeʼ as-sahih» asari butun musulmon olami tomonidan Qurʼoni karimdan keyingi eng ishonchli manba sifatida tan olingan.

Bu buyuk maqomga u zot uzoq yillik mashaqqatli mehnat, ilm talabidagi murakkab safarlar, minglab ustozlardan taʼlim olish va yuksak ixlos orqali erishgan. Yoshlik chogʻidanoq ilmga mehr qoʻygan Imom Buxoriy umrini hadislarni jamlash, saralash va asrab-avaylashga bagʻishlagan.

Bugun Imom Buxoriyning boy ilmiy merosi dunyoning turli mamlakatlarida chuqur oʻrganilmoqda. Bu meros ilm, maʼrifat va bagʻrikenglik gʻoyalarini targʻib qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Yurtingizda ham Imom Buxoriy merosini oʻrganish va keng targʻib etish yoʻlida amalga oshirilayotgan ishlar tahsinga sazovordir. Xalqaro ilmiy anjumanlar, tadqiqotlar va nashrlar buyuk ajdodimiz merosini kelajak avlodlarga yetkazishga xizmat qilmoqda.

Imom Buxoriy nafaqat buyuk muhaddis, balki ilmga sadoqat, halollik, matonat va fidoyilikning yorqin timsoli boʻlib, uning boy merosini asrab-avaylash, chuqur oʻrganish va keng targʻib etish barchamizning muqaddas burchimizdir.

Eʼtiboringiz uchun rahmat.

Bu masalaga eʼtibor qaratganingiz uchun tashakkur!

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining Facebook va Instagramdagi sahifalari rasmiy verifikatsiyadan oʻtdi

#Хушхабар  Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyati yangi bosqichga koʻtarildi. Markazning Facebook va …