Home / VIDЕOLAR / “SAMARQANDNI TARK ETSAM HAM, RUHIM QANCHADIR MUDDAT QOLADI”

“SAMARQANDNI TARK ETSAM HAM, RUHIM QANCHADIR MUDDAT QOLADI”

Dr. Abdurahmon XON – Turkiya Prezidenti huzuridagi Diyonat ishlari boshqarmasi masʼul xodimi:

 “SAMARQANDNI TARK ETSAM HAM, RUHIM QANCHADIR MUDDAT QOLADI”

Avvalambor, mana shunday goʻzal va xayrli hamkorlik uchun barchangizga chin qalbdan minnatdorlik bildiraman. Hazrati Imom Buxoriyning yonginasida turib, u zotning merosini teranroq anglashga intilish, bir shogirdi sifatida muhim ilmiy masalalarni muhokama qilish va Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hayot yoʻllarini yanada chuqurroq oʻrganish yoʻlidagi bu hamkorlik, inshaalloh, unumli boʻladi va barakali natijalar beradi, deb umid qilaman. Bunday ilmiy loyihalarning davomini xuddi shunday hamkorlik ruhida, nasib etsa, Turkiyada ham amalga oshirishni maqsad qilganmiz.

Bu yerdagi oliy maqsad – hadis ilmini, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hayotlari va u zotdan kelgan rivoyatlarni diqqat markaziga joylagan holda, hammasini zamon bilan bogʻlab talqin qila oladigan, zamonamiz ruhiga koʻchira oladigan teran tushuncha va tafakkurni muhokama maydoniga chiqarishdir. Bu maʼnaviy merosni yanada yaxshiroq anglash uchun esa, albatta, bir joyga toʻplanish, ilmiy muzokaralar olib borish shart. Biz bugun bu yerda aynan mana shunday xayrli ishni bajarmoqdamiz. Bu saʼy-harakatlar kelajakda yanada goʻzal shaklda bardavom boʻlishiga ishonaman.

Oʻzbekistonga birinchi kelishim. Samarqand kitoblarda oʻqib, tasavvur qilganim ulugʻ bir shahar edi. Bugun oʻsha mutolaalarimdagi qadim shaharni oʻz koʻzim bilan koʻrish, uning ilmiy va maʼnaviy havosidan yaqindan nafas olish baxtiga muyassar boʻldim.

Bu men uchun soʻz bilan taʼriflab boʻlmaydigan darajadagi beqiyos va unutilmas tajriba boʻldi. Hatto kecha olim-u ustozlarimiz bilan suhbatlashayotib: “Men bu yerdan jisman ketaman, ammo ruhim qanchadir muddat mana shu tabarruk zaminda qoladi”, deb aytdim. Bu zamin meni ana shu qadar maftun etdi va qalbimdan chuqur joy oldi. Inshaalloh, yana qayta kelish, koʻproq vaqt ajratib, bu goʻzal maskanlarni atroflicha ziyorat qilish nasib etadi, deb umid qilaman.

Tas-ix:

Check Also

Imom Buxoriy saboqlari: “HASAD – QALBNI VAYRON QILADI”

Tas-ix: