Home / VIDЕOLAR / “MARKAZINGIZ TARIXDAGI BUYUK MAʼNAVIY SIVILIZATSIYANI DAVOM ETTIRMOQDA”

“MARKAZINGIZ TARIXDAGI BUYUK MAʼNAVIY SIVILIZATSIYANI DAVOM ETTIRMOQDA”

Dr. Ahmet YILDIRIM Anqara Yildirim Boyazid universiteti professori (Turkiya):

“MARKAZINGIZ TARIXDAGI BUYUK MAʼNAVIY SIVILIZATSIYANI DAVOM ETTIRMOQDA”

Oʻzbekiston jahon miqyosida ilm-fan, madaniyat va sivilizatsiya jihatidan eng muhim mamlakatlardan biridir. Yurtingiz bu mavqega nafaqat tabiiy boyliklari, balki asrlar davomida shakllangan moddiy va maʼnaviy merosi bilan erishgan.

Bugungi kunda Imom Buxoriy va Imom Moturidiy xalqaro markazlari kabi ilmiy maskanlarning faoliyat yuritayotgani ushbu boy maʼnaviy zaminning yaqqol inʼikosidir. Mening kuzatishlarimga koʻra, Oʻzbekiston tarixida ikkita Renessans davri oʻtgan boʻlsa, bugun Muhtaram Prezident Shavkat Mirziyoyev yurtda Uchinchi Renessans davriga asos solmoqda. Davlat rahbarining ilm-fan va maʼrifat rivojiga qoʻshayotgan hissasi umumbashariy ahamiyatga ega.

Faqatgina hadis ilmi nuqtayi nazaridan qarasak ham, bu zaminda jahon tan olgan buyuk ulamolar yetishib chiqqan. Samarqand tuprogʻida Imom Buxoriy, Imom Dorimiy kabi ulugʻ muhaddislar yashab oʻtgan. Shuningdek, tasavvufda yetti pir zotlari, fiqhda Qaffol Shoshiy va Margʻinoniy, tafsirda Zamaxshariy, kalom ilmida esa Nasafiylar sulolasi aynan shu muqaddas zaminda kamol topgan.

Biz bu yerda juda katta eʼtibor, yaqinlik va yuksak mehmondoʻstlik koʻrdik. Ishonchimiz komilki, tarixda bu yerda qanday buyuk maʼnaviy sivilizatsiya barpo etilgan boʻlsa, kelajakda ham ushbu buyuk madaniyatni davom ettirish baxti mana shu mehridaryo oʻzbek xalqiga va xususan, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimlariga nasib etadi. Bu yoʻlda barcha ilmiy va xayrli ishlarda muvaffaqiyatlar tilayman!

Tas-ix:

Check Also

Imom Buxoriy saboqlari: “NIYAT XAYR – OQIBAT XAYR”

Tas-ix: