Home / VIDЕOLAR / “AJDODLARIMIZDAN YUKSALGAN HIKMAT SADOSIGA BUTUN INSONIYAT HAR DOIM EHTIYOJ SEZADI”

“AJDODLARIMIZDAN YUKSALGAN HIKMAT SADOSIGA BUTUN INSONIYAT HAR DOIM EHTIYOJ SEZADI”

Dr. Mehmet Emin OʻZAFSHAR Anqara universiteti professori, Turkiya Hadis tarixi jamiyati raisi:

AJDODLARIMIZDAN YUKSALGAN HIKMAT SADOSIGA BUTUN INSONIYAT HAR DOIM EHTIYOJ SEZADI

Oʻzbekistonga uchinchi, qadimiy Samarqand zaminiga esa ikkinchi bor kelishim. Har gal kelganimda ulkan rivojlanish va oʻzgarishlar amalga oshirilganiga guvoh boʻlaman.

2024-yilda ilk kelganimda Imom Buxoriy hazratlarining maqbaralari va jome masjidida qurilish ishlari ketayotgan edi. Bugun esa bu tabarruk qadamjolar ziyoratchilar uchun toʻliq ochilibdi. Majmuani ziyorat qilib, Imom Buxoriy maqbarasida duo qilish sharafiga muyassar boʻldik. Muhtaram Prezidentingiz tashabbusi bilan tashkil etilgan Imom Buxoriy innovatsion muzeyini ham koʻrdik. Ilgari Makkai Mukarramada Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga bagʻishlab barpo etilgan muzeyni koʻrgan edim. Bu yerda Imom Buxoriy uchun loyihalashtirilgan muzeyning dizayni va uning insonga taʼsir qilish kuchi meni nihoyatda lol qoldirdi. Muzeyshunoslik sanʼatining eng soʻnggi texnologik imkoniyatlaridan foydalanilgan holda, vizual tasvirlar orqali alloma hayotidan lavhalar taqdim etilgani hayrat uygʻotadi.

Imom Buxoriy — butun insoniyatning umumiy merosiga aylangan ulugʻ siymo. Ushbu maskanni mana shunday yuksak saviyada obod etgan Prezidentingizga minnatdorlik bildirishni burchim deb bilaman.

Bu zamindan yuksalgan shafqat, marhamat, ilm va hikmat sadosiga insoniyat har doim ehtiyoj sezadi. Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi aynan mana shunday sharafli vazifani bajarish yoʻlida yuksak natijalarga erishmoqda. Ayni paytda, ushbu kampus tarkibida oliy hadisshunoslik taʼlim maskanining ham mavjudligi ilm bilan sanʼatni, meʼmorlik bilan estetikani, hikmat va tarbiyani bir joyda mujassam etgan.

Bu tabarruk zaminga kelgan har bir inson ruhan poklanib qaytadi, bunga toʻliq ishonaman. Biz ham vaqti-vaqti bilan mana shunday maʼnaviy ehtiyoj sezganimizda, birinchi navbatda keladigan maskanimiz aynan shu yer boʻladi. Bizga mana shunday yuksak imkoniyat va sharoitlarni yaratib bergan barcha mutasaddilardan minnatdorman.

Tas-ix:

Check Also

HAQIQIY MUSULMON QANDAY BO‘LISHI KERAK? 2-qism.

Tas-ix: