Home / FOTO LAVHALAR / Xalqaro hamkorlikda yangi qadam

Xalqaro hamkorlikda yangi qadam

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Indoneziyaning Sunan Kalijaga davlat islom universiteti oʻrtasida memorandum imzolandi. Shu munosabat bilan Indoneziya Respublikasining Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Siti Ruhaini Juhayatin xonim ishtirokida elchixona binosida tantanali marosim boʻlib oʻtdi.

Tadbirda elchi xonim ikki tomonlama madaniy-maʼrifiy aloqalarni rivojlantirish va akademik hamkorlikni kengaytirishning muhimligini taʼkidlab, ushbu sheriklik ikki muassasaning strategik maqsadlariga xizmat qilishini va qoʻshma taʼlim dasturlarini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarishini qayd etdi.

Hujjatni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori, professor Shovosil Ziyodov hamda Sunan Kalijaga davlat islom universiteti rektori, professor Nurhaydi Hasan imzoladi.

Besh yil muddatga tuzilgan ushbu hujjat doirasida tomonlar ilmiy seminar va konferensiyalar tashkil etish, oʻzaro tajriba almashuvini yoʻlga qoʻyish, xodimlar malakasini oshirish, qoʻshma tadqiqot loyihalari va dasturlarini amalga oshirish yoʻnalishlarida hamkorlik qiladi.

Marosim yakunida doʻstlik ramzi sifatidan esdalik sovgʻalari almashildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Manbashunoslik va ilmiy integratsiya: Jazoirda buyuk vatandoshlarimizning nodir qoʻlyozmalari aniqlandi

Jazoir Xalq Demokratik Respublikasida ilmiy safarda boʻlib turgan Oʻzbekiston delegatsiyasi vakillari ikki mamlakat ilmiy-akademik doiralari …