Home / FOTO LAVHALAR / Boboxonov muftiylar xotirasiga bag‘ishlandi

Boboxonov muftiylar xotirasiga bag‘ishlandi

Islom sivilizatsiyasi markazida Imom Buxoriy, Imom Moturidiy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazoari tomonidan “Boboxonov muftiylar – sog‘lom e’tiqod va bag‘rikenglik targ‘ibotchilari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir shu mashhur sulola nomi bilan ataluvchi Jamg‘arma bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

Anjumanda Shayx Ziyovuddin Boboxonovning qizi Muxlisa aya Ziyovuddinova, Jamg‘arma direktori Jamoliddin Boboxonov, shuningdek, ilmiy-tadqiqot markazlari rahbariyati, ilmiy xodimlar, imom-xatiblar ishtirok etdi.

Tadbirda notiqlar Boboxonovlar sulolasining yurtimiz diniy-ma’naviy hayotidagi beqiyos o‘rni, jamiyatda barqarorlik va bag‘rikenglik muhitini mustahkamlashdagi xizmatlari haqida so‘z yuritdi. Murakkab tarixiy sharoitda diniy-ma’rifiy sohada namoyon etilgan jasorat va matonat alohida ta’kidlandi.

Davra suhbati yakunida ilmiy-tadqiqot markazlari minam Boboxonovlar jamg‘armasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan Anglashuv memorandumlari imzolandi.

Mazkur hujjatlar ajdodlarimizning boy ilmiy merosini chuqur o‘rganish, sog‘lom e’tiqod asoslarini keng targ‘ib etish va bag‘rikenglik g‘oyalarini ilgari surishda o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish uchun muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi

Matbuot xizmati

Check Also

TAJRIBA OSHIRILDI, KOʻNIKMALAR MUSTAHKAMLANDI

Samarqand viloyatida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar faollari, targʻibot guruhi aʼzolari va otinoyilar uchun tashkil etilgan malaka …