Muhammad Maʼmun MAHFUZ – “Al-Falah” diniy taʼlim muassasasi boʻlim boshligʻi (Indoneziya)
Bugun uzoq yillik orzuyimiz ushalishiga, muhaddislar sultoni Imom Buxoriy rahimahullohning tabarruk maqbarasini ziyorat qilishga musharraf boʻldik. Yuz nafar tolibi ilmimiz va ustozimiz Shayx Nurul Huda Jazuliy bilan birgalikda “Sahihul Buxoriy” asarini buyuk muhaddisning aynan oʻz Vatanida goʻzal suratda xatm qilganimiz biz uchun cheksiz sharafdir.
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyati va bu yerdagi muzey bizni hayratga soldi. Ushbu maskan nafaqat Oʻzbekiston, balki butun islom olami uchun chinakam maʼrifat oʻchogʻi ekaniga amin boʻldik. Markazdagi ilmiy izlanishlar, uning muzeyidagi noyob eksponatlar bizning hadis ilmi borasidagi tafakkurimizni yanada kengaytirdi.
Kelajakda indoneziyalik talabalar ilmni oʻz manbasidan olishi uchun ushbu Markazga tizimli tashriflarini yoʻlga qoʻyish asosiy maqsadimizdir.
Alohida taʼkidlamoqchimanki, “Umra plyus” dasturi doirasidagi muloqotlar hamkorlikni rivojlantirish yoʻlidagi eng manfaatli qadamlardan boʻldi. Bu loyiha millionlab musulmonlar uchun ham ibodat, ham yuksak maʼrifiy sayohatni birlashtiruvchi beqiyos imkoniyatdir.
Tas-ix:
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz





