Home / VIDЕOLAR / “IMOM BUXORIY MAJMUASI MAʼRIFIY-MADANIY HAMKORLIK UCHUN YANGI IMKONIYATLAR OCHMOQDA”

“IMOM BUXORIY MAJMUASI MAʼRIFIY-MADANIY HAMKORLIK UCHUN YANGI IMKONIYATLAR OCHMOQDA”

Dr. Siti Ruhaini JUHAYATIN – Indoneziyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi

Indoneziyadan kelgan nufuzli akademik delegatsiyani bugun Imom Buxoriy majmuasida qabul qilayotganimiz biz uchun katta sharafdir. Bunday tadbirlar tarixiy va maʼnaviy jihatdan nihoyatda muhim boʻlib, umumiy maʼnaviy merosimizni mustahkamlash va maʼrifiy-madaniy hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Indoneziyada anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinadigan “Sahihul Buxoriy” xatmining bu safar Imom Buxoriy hazratlarining muborak xoki mangu qoʻnim topgan muborak zaminda tashkil etilgani uning maʼnaviy ahamiyatini yanada oshirmoqda.

Indoneziyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi mazkur marosimni tashkil etishga katta xayrixohlik bildirib, uni oʻtkazish jarayonini har tomonlama qoʻllab-quvvatladi. Kelgusida bunday tadbirlarda yanada koʻproq ziyoratchilar ishtirok etishi kutilmoqda.

Shuningdek, Imom Buxoriy majmuasi rahbariyatiga, barcha hamkorlarga va Prezident Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga bizni qoʻllab-quvvatlagani uchun samimiy minnatdorlik izhor etamiz. Bugun Indoneziya musulmonlari “Sahihul Buxoriy” xatmini aynan shu muqaddas maskanda oʻtkazish imkoniyatiga ega boʻlmoqda. Bu esa xalqlarimiz oʻrtasidagi maʼnaviy rishtalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Tas-ix:

Check Also

Imom Buxoriy saboqlari: “TAOMLANISH ODOBLARI”

Tas-ix: