Home / VIDЕOLAR / “IMOM BUXORIY MEROSINI BIRGALIKDA OʻRGANISH VA TADQIQ ETISH NIYATIDAMIZ”

“IMOM BUXORIY MEROSINI BIRGALIKDA OʻRGANISH VA TADQIQ ETISH NIYATIDAMIZ”

Doktor Mariya Ulfa FAYZIY – Indoneziyaning Nahdlatul Ulama tashkiloti huzuridagi Yogyakarta (Jogjakarta) universitetining Sharia Finance ilmiy-tadqiqot markazi direktori

-Samarqandga kelib, Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qilganimdan boshim koʻkka yetdi. Ushbu muazzam ziyoratgohning betakror maʼnaviy qudrati men uchun unutilmas tajriba boʻldi. Bu yerda hozir boʻlish, shu ulugʻ zotni ziyorat qilish inson qalbida chuqur ruhiy taassurot qoldiradi.

Markazingiz faoliyati, uning ilmiy salohiyati va tadqiqot yoʻnalishlari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega boʻldim. Bu yerda shakllangan ilmiy makon va maʼrifiy muhit eng sara eʼtiroflarga loyiq, deb hisoblayman.

Qaytganimdan keyin indoneziyalik doʻstlarim, hamkasblarim va umuman keng jamoatchilikka Oʻzbekistonni ziyorat qilishni chin dildan tavsiya qilaman. Bu yurtda nafaqat Imom Buxoriy, balki Imom Termiziy, Bahouddin Naqshband kabi koʻplab ulugʻ avliyo va allomalarning xoki abadiy qoʻnim topgan muborak qadamjolar mavjud. Haqiqatan, Oʻzbekiston boy maʼnaviy merosga ega mamlakatki, bunga har qancha havas qilsa, arziydi.

Markazingiz bilan hamkorlikka katta tabiiy ehtiyoj sezamiz. Chunki biz akademik muhit vakillarimiz. Imom Buxoriy Indoneziya musulmonlari orasida ham nihoyatda mashhur va chuqur hurmatga sazovor alloma hisoblanadi.

Universitet sifatida qoʻshma ilmiy tadqiqotlar, ilmiy nashrlar, professor-oʻqituvchilar va talabalar almashuvi, shuningdek, Imom Buxoriy hayoti, uning ilmiy merosi va hadis ilmiga oid yoʻnalishlarda hamkorlik qilish istagidamiz. Bu borada Markaz bilan koʻp qirrali munosabatlarni yoʻlga qoʻyish uchun barcha imkoniyatlar mavjud.

Inshoalloh, kelgusida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bilan mazmunli, barqaror va barakali hamkorlik qaror topajak.

Tas-ix:

Check Also

Indoneziyaning “Nahdlatul Ulamo” tashkiloti huzuridagi oliy taʼlim kengashi delegatsiyasi – Markaz mehmoni

Tas-ix: