Home / HALOLLIK VA MA'RIFAT / Hunarga yoʻgʻrilgan iymon

Hunarga yoʻgʻrilgan iymon

Halol kasb-hunar bobida Nabiy sollallohu alayhi vasallamning merosxoʻrlaridan sanalgan allomalarning hayoti biz uchun eng goʻzal namunadir. Abu Hanifa rahmatullohi alayhning yoʻqligida, shogirdi Madina shahridan kelgan bir kishiga 400 dirhamlik qalin kiyimni 1000 dirhamga sotib yuborgan. Bundan xabar topgan ustozi uni qattiq koyidi va doʻkondan chetlatgan. Xaridorning tashqi koʻrinishini soʻrab olib, uni qidirib, Madina shahridan topgan va 600 dirhamini qaytarib bergan. Shundan soʻng xotirjam boʻlib Kufaga qaytgan.

Birovning haqqini yeyishdan qoʻrqadigan insonning rizqi barakali boʻladi. Buning belgisi shuki, insonda qanoat, shukr, sabr paydo boʻladi va unga yaxshi amallarga tavfiq nasib etadi. Bu haqda Mulla Ali Qori rahmatullohi alayh: “Barakaning alomati qanoatga, toat-ibodatlarga muvaffaq boʻlishdir”, degan.

Abduvosi Shonazarov,
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi

Check Also

HADISLAR HAM VAHIYGA ASOSLANGANDIR (vahiyning taʼrifi va turlari)

Hadis Alloh taolo Oʻz paygʻambari Muhammad sollallohu alayhi vasallamga yuborgan vahiy hamda dinda ergashilishi vojib …