1734. Yaziddan rivoyat qilinadi:
“(Roʻza tutishga) toqati yetadiganlar (ammo roʻza tutmaydiganlar) zimmasida bir miskin taomi fidyasi bor” oyati nozil boʻlganda, roʻza tutmay fidya bermoqchi boʻlganlar shunday qilar edi. Undan keyin nozil boʻlgan (“Sizdan kim shu (Ramazon) oyda hozir boʻlsa (shu oyga yetsa), roʻzasini tutsin”) oyati yuqoridagi oyat hukmini bekor qildi”.
Izoh: Fidya berish hukmi, roʻza tutishga toqati yetmaydigan keksa yoki tuzalmaydigan kasali bor kishilar uchun boqiy qoldi.
Imom Dorimiyning “Sunani Dorimiy” kitobidan.
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz





