Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan muzey ekspozitsiyasini boyitish, diniy-maʼnaviy merosni targʻib qilish va yosh avlodni ilm-maʼrifatga yoʻnaltirish maqsadida amalga oshirilayotgan maxsus loyihalar yuzasidan shtab yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Yigʻilish davomida diniy-maʼrifiy yoʻnalishda rejalashtirilgan jami 26 ta loyiha muhokama qilindi. Ushbu tashabbuslar 8 ta hamkor tashkilot bilan birgalikda bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Xususan:
- 1 bosqichda – 18 ta loyiha;
- 2 bosqichda – 2 ta loyiha;
- 3 bosqichda – 5 ta loyiha tatbiq etilishi koʻzda tutilgan.
Muhokamalar jarayonida loyiha ijrochilari hamda ilmiy-ijodiy guruh aʼzolari ishtirokida boʻlib oʻtgan ushbu yigʻilishda tegishli bayonnomalar rasmiylashtirildi.
Mazkur loyihalar Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi, Hadis ilmi maktabi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi va Toshkent islom instituti bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan ilgari surilayotgan bu loyihalar tarixiy haqiqatlarni yoritish, islom ilm-fani va madaniyatining ulkan merosini keng jamoatchilikka yetkazish, ayniqsa yoshlar qalbida ilm va maʼrifatga boʻlgan qiziqishni kuchaytirish yoʻlida muhim qadamlardan biridir.