100 ta SIR-ASRORLI IBORA yoxud ODAMLAR BILAN MULOQOT (oila, uy, ishxona, jamoat joylari) DAGI 100 ta “SEHRLI SOʻZ”ni ULUGʻ USTOZ ULAMOLARIMIZ bayon qilib berganlar:
ULUGʻLARDAN HIKMATLAR:
«Sunnat ermish, kofir boʻlsa, berma ozor,
Koʻngli qottigʻ, dil ozordin Xudo bezor,
Alloh haqi, ondogʻ qulgʻa sijjin tayyor,
Donolardin eshitib, bu soʻz aydim mano».
(Hoja Ahmad Yassaviy)
«Kimki bir koʻngli buzugʻning xotirin shod aylagay,
Oncha borkim, Kaʼba vayron boʻlsa, obod aylagay».
- «Agar boʻlsang ipak kabi muloyim,
Muloyim sen boʻlsang, quling boʻlayin.
Qulogʻimga bergan panding olayin,
Kishiga qattiq soʻz aytuvchi boʻlma».
- «Agar sen qiblaga burmasang yuzni,
Besh mahal sajdayu namozing bekor.
Jannatga hech qachon tikmagil koʻzni
Agar bir moʻminga yetkazsang ozor».
(Abdulla Oripov)
«Makkaga yetti qat borgancha boʻlur,
Boshini silasang oʻksik insonni».
(Abdulla Oripov).
BMT (Birlashgan Millatlar Tashkiloti) MAʼLUMOTLARI:
- Eng qadimiy global tashkilot (1945-yildan keyin tashkil etilgan boshqa tashkilotlar bilan solishtirganda hali ham faoliyat yuritadi),
aʼzo davlatlar soni boʻyicha eng yirik xalqaro tashkilot,
dunyodagi barcha davlatlarni qamrab olgan dunyoning eng universal tashkiloti,
global eʼtirof nuqtayi nazaridan eng nufuzli xalqaro tashkilot hisoblangan
Birlashgan Millatlar Tashkilotining rasmiy tillari 6 ta – ingliz, arab, ispan, xitoy, rus, fransuz.
- “Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi” – BMT Bosh Assambleyasining uchinchi sessiyasida 1948-yil 10-dekabrda 217 A (III)-sonli Qarori bilan qabul qilingan (“Inson huquqlari boʻyicha xalqaro Pakt”) – BMTga aʼzo barcha davlatlar uchun tavsiya etilgan hujjatdir.
Ushbu tarixiy hujjat 500 dan ortiq til va lahjalarga tarjima qilingan va Dunyodagi eng koʻp tarjima qilingan hujjat sifatida “Ginnesning rekordlar kitobi”ga kiritilgan.
- Koʻp tillikni targʻib qilish boʻyicha saʼy-harakatlar doirasida Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashabbusi bilan “Xalqaro tillar yili” (2008-y.) va “Xalqaro mahalliy tillar yili” (2019-y.) oʻtkazildi.
- 04-yanvar — Brayl yozuvi boʻyicha Butunjahon kuni (A/RES/73/161);
- yanvar — Taʼlim boʻyicha Xalqaro kun (A/RES/73/25);
- fevral — Ona tili boʻyicha Xalqaro kun (A/RES/56/262);
- mart — BMTda fransuz tili kuni;
- aprel — BMTda xitoy tili kuni;
- aprel — BMTda ingliz tili kuni;
23-aprel — BMTda ispan tili kuni;
- may — Butunjahon portugal tili kuni (UNESCO);
- iyun — BMTda rus tili kuni;
- iyul — Suaxili tili boʻyicha Butunjahon kuni (A/RES/78/312);
- centyabr — Savodxonlik boʻyicha Xalqaro kun (UNESCO 14 C/Resolution 1.441);
09 centyabr — Taʼlimni hujumlardan himoya qilish boʻyicha Xalqaro kun (A/RES/74/275);
- centyabr — Ishora tillari boʻyicha Xalqaro kun (A/RES/72/161);
- sentyabr — Tarjima boʻyicha Xalqaro kun (A/RES/71/288);
18-dekabr — BMTda arab tili kuni.
ZAMONAVIY FAN TADQIQOTLARI va AJOYIB MAʼLUMOTLAR:
- Dunyo – madaniyatlar va tillarning ajoyib birlashmasidir. Ularning har biri oʻziga xos xususiyatlari va goʻzalligiga ega.
- Dunyo xalqlari xilma-xil tillarda gaplashishadi. Biroq fan aniqlikni yaxshi koʻradi. Shu tufayli vaqti-vaqti bilan tilshunoslar tillar sonini hisobga oladilar va oʻz maʼlumotlarini eʼlon qilishadi.
- Raqamlar odatda bir biriga doimo mos tushavermaydi. Chunki u yoki bu tilni hamma joyda ham birdek tan olavermaydilar. Natijada oʻsha tilni roʻyxatga kiritmay qoʻyish hollari uchrab turadi.
- 2024-yil maʼlumotlari boʻyicha, dunyoda 7.668 milliard odam 7.164 tildan foydalanadi.
- Hozirgacha ulardan 500 tasigina oʻrganilgan xolos.
- Dunyo aholisining yarmi atigi 23 tilda gaplashadi.
- Har uch tildan bittasining yozuvi boʻlmay, faqat ogʻzaki nutq shakliga egadir.
- Jahondagi 1400 ta tilning yoʻqolib ketish xavfi bor.
- Dunyo tillaridan faqat 40 tasigina ogʻzaki va yozma jihatdan mukammal shakllanib boʻlgan deb hisoblanadi. Oʻsha 40 ta tilning orasida oʻzbek tili ham bor.
- Hozirgi vaqtda “dunyo” boʻlgan 8 ta til mavjud – ingliz, xitoy, ispan, rus, arab, fransuz, portugal va nemis tillari.
- Aynan ular eng koʻp tashuvchilarga ega boʻlib, ularning soni 4,3 milliard kishiga teng. Bu Yerning umumiy aholisining taxminan 60 % ni tashkil qiladi.
- Dunyodagi eng mashhur tillar. 2024-yilda koʻp son (100 mln.dan ziyod) li ona tilida soʻzlashadigan 40 ga yaqin til mavjud: ingliz, xitoy, hind, ispan, arab, fransuz, bengal, rus, portugal, suaxili, indonez, urdu, yapon, nemis, panjob, fors.
- Dunyoda eng koʻp gapiriladigan til ingliz tili – 1,4 milliard ona tilida soʻzlashuvchilar mavjud.
- Xitoy tili dunyodagi eng murakkab til sifatida “Ginnes rekordlari” kitobiga kiritilgan.
- Dunyodagi eng boy (katta lugʻat boyligi, eng katta ifoda imkoniyatlari, adabiy meros, madaniy ahamiyatga ega yoki tarqalishi boʻyicha eng rivojlangan) tillar – ingliz, arab, xitoy, rus, fransuz, ispan, portugal.
(2 – qism tugadi. Davomi bor…)