Ustoz ulamoi kiromlarimiz aytadilar:
“Juda oz boʻlsa ham,
kuniga sadaqa qilishni odat qiling!”
Chunki “SADAQA – RADDI BALO”.
- Sadaqa – jannat eshiklaridan biridir.
- Sadaqa – solih amallarning eng afzali.
- Sadaqa Qiyomat kuni oʻz sohibiga soyabon boʻladi.
- Sadaqa qabr issigʻini pasaytiradi.
- Sadaqa – mayyitga qilinadigan eng yaxshi va eng foydali hadyadir. Alloh taolo uni koʻpaytirib beradi.
- Sadaqa nafsni poklaydi.
- Sadaqa Qiyomat kunidagi qoʻrqinchdan omonlik beradi.
- Sadaqa xato va gunohlarga kafforat boʻladi.
- Sadaqa – oʻlim oldi xotimani goʻzal qiladi.
- Sadaqa xursandchilikka sabab boʻladi.
- Sadaqa qiluvchi – odamlarning eng yaxshisidir.
- Sadaqa sohibiga juda ham koʻp va beqiyos buyuk yaxshiliklar va juda ham ulkan savoblar vaʼda qilingan.
- Sadaqa qilish – taqvodorlarning sifatlaridandir.
- Sadaqa – saxovatning belgisidir.
- Sadaqa – duo qabul boʻlishiga sababdir.
- Sadaqa – tashvishning arishiga sababdir.
- Sadaqa baloni qaytaradi.
- Sadaqa umrni uzaytiradi.
- Sadaqa – dardga davo, kasallikka – shifo, eng foydali muolajadir.
- Sadaqa oʻt tushishidan, suvda choʻkishdan, oʻgʻri urishidan
- Sadaqaning savobi – naqd, garchi u hayvon-parrandalarga qilinsa ham.
- Sadaqaning afzali – ochga taom berishdir.
- Sadaqa qiluvchi kishi odamlar mehrini qozonadi.
- Sadaqa – sadaqa qiluvchining mol-davlatini koʻpaytiradi.
- Sadaqa rizq ziyoda boʻlishiga sabab boʻladi.
- Sadaqa – sadaqa qilgan kishini odamlar yaxshi koʻrishlariga sabab boʻladi.
- Sadaqa nusratga sabab boʻladi.
- Sadaqa ishida qatnashganlar savobga sherik boʻladilar.
- Sadaqa – balo va qazolardan himoya qiladi.
- Sadaqa oʻz egasini yomon oʻlimdan asraydi.
- Sadaqa bergan bilan mol-dunyo kamayib qolmaydi.
- Sadaqa beradigan odamning moliga farishtalar baraka tilab duo qiladilar.
- Sadaqa Parvardigorning gʻazabini oʻchiradi.
- Sadaqa – sadaqa beruvchining shaytonlar ustidan gʻalabasidir.
- Sadaqa Qiyomat kunida bu dunyoda boy berilgan narsalarga afsus qildirmaydi.
- Sadaqa – gʻam-anduhdan xoli etguvchidir.
- Sadaqa Qiyomat kuni toʻsiq boʻlib, himoya qilib, sadaqa qiluvchini doʻzaxdan toʻsadi.
- Sadaqa qalbning qattiqligini yumshatadi.
- Sadaqa – Qiyomat kunida sadaqa qilganning yuzining jilosidir.
- Sadaqa qilingan mayyitga ham, sadaqa qilgan odamga ham Alloh taolo savoblarini koʻpaytirib beradi.
- Sadaqa – yomonliklarni daf etish uchun sababdir.
- Sadaqa farishtalarning duosiga sabab boʻladi.
- Sadaqa savoblarni koʻpaytiradi.
- Sadaqa – qaygʻudan asraguvchidir.
- Sadaqa – qabr olovini soʻndirguvchidir.
- Sadaqa – hasanotlarni oʻn hissaga koʻpaytirguvchidir.
- Sadaqa bu dunyodagi 70 xil yomonlik eshiklarini yopadi.
- Sadaqa – sohibini qabr azobi va olovdan ozod etguvchidir.
- Sadaqa – sadaqa beruvchining quvonchiga sababchidir.
- Suv hoʻl-quruqni kuydirib borayotgan olovni oʻchirgani kabi, insonning ikki dunyosini kuydirib borayotgan xato va gunohlarini sadaqa oʻchiradi.
- Sadaqa vafotingizdan keyin ham ajr-savobingizni koʻpaytirib turadi.
- Sadaqa qiluvchi Alloh taologa yaqin boʻlib, Oʻzining mehriga sazovor boʻladi.
- Uzr sababli tutolmay qolgan farz qilingan roʻzani ham sadaqa bilan kaforat etiladi.
- Sadaqa Ramazon oyida tutilgan roʻzani mukammal qilib beradi.
- Sadaqa qilayotganingizda mablagʻlaringizni yoʻqotayotgan boʻlmaysiz, balki uni boshqa payt uchun oʻzingizga joʻnatayotgan boʻlasiz.
- Sadaqa – saxiy va himmatli ishlardan va ezgu alomatlardan biridir.
- Sadaqa – duoning ijobat boʻlishiga sababchidir.
- Sadaqa qiluvchilarni Oʻzining goʻzal mukofotlari ila siylaydi.
- Sadaqa – Qiyomat kunida sadaqa qilganning yuzini yorugʻ qiladi.
- Sadaqa – sadaqa beruvchidan va uning yaqinlaridan baloni daf qiladi.
- Sadaqa – sadaqa beruvchining obroʻ va hurmatini saqlaydi.
- Sadaqa beradigan xonadonga Xudoi taoloning rahmati yogʻiladi.
- Sadaqa beradigan odamga fayzu ilohiy, xayr-baraka beriladi.
(Kalomulloh – Qurʼoni Karimning oyati karimalari va Janobi Paygʻambarimiz Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning muborak hadisi shariflaridan).
Ibrohimjon domla Inomov
Manba: muslim.uz