Home / FOTO LAVHALAR / Hamkorlikni qaror toptirishga kelishib olindi

Hamkorlikni qaror toptirishga kelishib olindi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Hadis ilmi maktabi rahbar va xodimlaridan iborat delegatsiya Kuala-Lumpulga safari davomida Malayziya xalqaro islom universitetida boʻldi.

Delegatsiya aʼzolari universitet faoliyati, jumladan, taʼlim tizimi bilan yaqindan tanishdi.

Talabalar bilan muloqot chogʻida yigʻilganlarga Yangi Oʻzbekistonda diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, oliy va oʻrta maxsus diniy taʼlim muassasalarining faoliyati, xususan, buyuk allomalarimiz asarlarining tarjima va nashrlari haqida batafsil maʼlumot berildi. Professor-oʻqituvchi va talabalar Imom Buxoriy va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari tomonidan chop etilgan kitoblarga katta qiziqish bildirdi.

Tomonlar Oʻzbekiston xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari bilan Malayziya xalqaro islom universiteti oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga kelishib oldi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Vatanga mehri boʻlak yoshlar – yurtning eng katta boyligi

Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasida “Vatanni sevmoq – oliy fazilat” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi. …