Home / YANGI NASHRLAR / XALQU AFʼOLIL IBOD

XALQU AFʼOLIL IBOD

📚 Kitob nomi: XALQU AFʼOLIL IBOD

👤 Muallif: Imom Buxoriy

✅️Ushbu kitob Imom Buxoriyning “Xalqu afʼolil ibod” (“Bandalarning amallarini Alloh yaratishi”) asari tarjimasi va sharhidir. Kitobda Alloh taoloning kalom sifati borligi va bu borada ulamolarning qarashlari, “Qurʼon maxluqdir” degan fikrdagilarning botil daʼvolariga ilmiy raddiyalar berilgan boʻlib, 663 ta hadis va xabar jamlangan. Oʻn ikki bobdan iborat ushbu asar notoʻgʻri eʼtiqoddagi oqim va firqalarning gʻoyalariga qarshi raddiya sifatida keltirilgan dalillarni qamrab olganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Asar oʻquvchiga yanada tushunarliroq boʻlishi uchun unga batafsil sharh-izohlar berilgan.

📝 Hajmi: 600 bet
📏 Bichimi: 70×100 1/16
📚 Muqovasi: Qattiq
🇺🇿 Alifbosi: Kirill
🖨 Nashriyot: Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi

📖 Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning 2023-yil 20-dekabrdagi 03-07/9469 raqamli xulosasi asosida nashrga tayyorlandi.

☎️ Murojaat uchun: (66) 240-20-19

Check Also

Yangi nashrlar mintaqa xalqlari maʼrifatini oshirishga xizmat qiladi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida “Imom Buxoriy ilmiy merosi: zamonaviy tadqiqotlar” mavzusida xalqaro davra suhbati …