Home / MAQOLALAR / INSONNING ISHI YURISHMASLIGINI eng KATTA 23 ta SABABI

INSONNING ISHI YURISHMASLIGINI eng KATTA 23 ta SABABI

ULUGʻ USTOZ ULAMOLARIMIZ bayon qilib berganlar:

KALOMULLOHNING OYATI KARIMALARIDA XUDOIM TAOLO MARHAMAT QILADI:

  “Biz insonni ota-onasiga yaxshilik qilishga buyurdik!” (Ahqof surasi 46/15 oyat);

  «Biz insonga ota-onasini rozi qilishni buyurdik. Onasi uni zaiflik ustiga zaiflik bilan qornida koʻtarib yurdi. Uni koʻkrakdan ajratish muddati ikki yilda bitar. Biz insonga buyurdikki “Sen Menga va ota-onangga shukr qilgin! Qaytishlik Mening huzurimgadir”» (Luqmon surasi 31/14 oyat);

 «Rabbingiz, Uning Oʻzigagina ibodat qilishingizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishni amr etdi. Ey, inson! Agar ularning biri yoki har ikkisi huzuringda keksalik yoshiga yetsalar, ularga “uf!..” dema va ularni jerkima! Ularga doimo yoqimli soʻz ayt! Ularga, mehribonlik bilan, xorlik qanotini past tut va duoda ayt: “Ey, Rabbim! Meni ular goʻdaklik chogʻimda tarbiyalaganlaridek, Sen ham ularga rahm qilgin!”» (Isro surasi 17/23-24);

 “Nimaniki xayr-ehson qilsangiz, ota-ona, qarindoshlar, yetimlar, miskinlar va musofirlarga qilingiz! Alloh har qanday qilgan ehsonlaringizni bilib turuvchidir” (Baqara surasi 2/215 oyat).

JANOBI PAYGʻAMBARIMIZ RASULULLOH SALLALLOHU ALAYHI VASALLAM MEHR-MURUVVAT TARIQASIDA MARHAMAT QILADILAR:

 ¯ Uch toifa kishining qoʻlga kiritgan narsasida baraka boʻlmaydi va qayerda boʻlsa ham xorlanadi:

–     mening nomimni eshitganda salavoti sharif aytmagan;
–     Ramazon oyiga hurmat koʻrsatmagan;
–     ota-onasi tirik boʻla turib, ularni xursand qilmagan”;
 ¯  “Kimni umri uzun va rizqi keng boʻlishi xursand qilsa, ota-onasiga yaxshilik qilsin va silai rahm qilsin!” (Imom Ahmad rivoyatlari).

                                            

  DONO XALQIMIZ MAQOLLARI:
 
   o   “Ota-ona rozi – Xudo rozi!”.
 
   o   «Yaxshi oʻgʻil ota molini biylar,
       Yomon oʻgʻil ota molini sochar».
 
   o   «Yaxshiga qilsang yaxshilik –
       Ham aytadi, ham qaytadi.
      Yomonga qilsang yaxshilik –
     Na aytadi, na qaytadi».

 

INSONNING ISHI YURISHMASLIGI, BARAKASI BOʻLMASLIGI, BIRI IKKI BOʻLMASLIGI va MUHTOJ, QASHSHOQ, KAMBAGʻAL BOʻLISHLIGI ga
OTA-ONASI bilan BOGʻLIQ eng KATTA 23 ta SABAB:
1)       OTA-ONANING haqlariga duo qilmaslik.
2)       OTA-ONANI behurmat qilishlik.
3)       OTA-ONANI koʻngillarini ogʻritishlik.
4)       OTA-ONANING xizmatlarini qilmaslik.
5)       OTA-ONANING duolarini olmaslik.
6)       OTA-ONAGA oq boʻlishlik.
7)       OTA-ONANING nomlarini aytib chaqirishlik.
8)       OTA-ONANI bepisand qilishlik.
9)       Ulugʻlar (OTA-ONA, ustoz, rahbar, oʻzidan yoshi katta, ulugʻ inson, tabarruk odamlar) ni hurmatlarini joyiga qoʻymaslik.
10)      Ulugʻlar (OTA-ONA, ustoz, rahbar, oʻzidan yoshi katta, ulugʻ inson, tabarruk odamlar) ga nisbatan beodoblik qilishlik.
11)      Ulugʻlar (OTA-ONA, ustoz, rahbar, oʻzidan yoshi katta, ulugʻ inson, tabarruk odamlar)  oldilaridan kesib oʻtishlik.
12)      Ulugʻlar (OTA-ONA, ustoz, rahbar, oʻzidan yoshi katta, ulugʻ inson, tabarruk odamlar)  ning oldilariga tushib yurishlik.
13)      Aka-uka, opa-singillar bilan bemehr boʻlishlik.
14)      Qavm-qarindoshlar bilan yaxshi munosabatda boʻlmaslik.
15)      Qoʻni-qoʻshnilar bilan chiroyli muomala qilmaslik.
16)      Oʻtganlarning haqlariga duo qilmaslik.
17)      Oziga shukr qilmaslik.
18)      Bir insonni xafa qilishlik.
19)      Turar joy (yashaydigan uy, ishxona) larni ozoda tutmaslik.
20)      Kiyim kechak (libos, bosh kiyim, oyoq kiyim) larni pokiza tutmaslik.
21)      Ahli ayoli bilan janjallashishlik.
22)      Hayvon, parranda, hasharot va nabotot olamiga zulm qilishlik.
23)      Yolgʻon gapirishlik.
Ibrohimjon domla Inomov
Manba: muslim.uz

Check Also

OʻZINGIZNI QATʼIYATLI BOʻLISHGA TAYYORLANG!

(Bir hadis sharhi) Dinimiz inson shaxsiyatini shakllantirishda aqlga tayanish, odamlarga koʻr-koʻrona taqlid qilmaslik, har bir …