Home / YANGILIKLAR / Muftiy hazratlari Islomiy fiqh akademiyasi a’zoligiga qabul qilindi

Muftiy hazratlari Islomiy fiqh akademiyasi a’zoligiga qabul qilindi

20-aprel kuni Saudiya Arabistoni poytaxtida Islom olami uyushmasi tarkibidagi Islomiy fiqh akademiyasining 23-davra yig‘ilishida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari ushbu Kengash a’zoligiga qabul qilinganlari e’lon qilindi.

Islomiy fiqh akademiyasi Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarini ushbu nufuzli akademiya a’zoligiga qabul qilish haqida qaror qabul qildi.

Unda ishtirok etayotgan dunyoning yetakchi ulamolari Muftiy hazratlarini ushbu martaba bilan qutlab, O‘zbekistondagi diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlarni yuqori baholadilar.

Shu o‘rinda aytish o‘rinliki, oxirgi yillarda Diniy idoraning musulmon dunyosi bilan aloqalari rivojlanib, turli yo‘nalishlarda munosabatlar yo‘lga qo‘yildi. Ayniqsa, xalqaro tashkilotlar bilan amaliy hamkorlik o‘rnatildi, turli davlatlar diniy idoralari bilan memorandumlar imzolandi, xorijdagi ilmiy konferensiyalar, Qur’on musobaqalari va ko‘rgazmalarda vakillarimiz faol ishtirok etmoqda.  

Ta’kidlash kerakki, shu paytga qadar ham Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Xalqaro musulmon ulamolari kengashi va Musulmon donishmandlar kengashi a’zosi sifatida nufuzli tadbirlardagi tashabbuslari musulmon dunyosi tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda.  

O‘zA

Check Also

Markazda badiiy film suratga olinmoqda

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida indoneziyalik bir guruh kinoijodkorlar tomonidan “Hijrat orzusi” nomli badiiy filmning …