1-2-may, 2024-yil soat 10:00 da
📍 Oʻtkazish joyi:
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda Madaniy meros agentligi huzuridagi Samarqand davlat muzey-qoʻriqxonasi
👤 Dr. Mari Eftimiyu
Parijdagi Kollej de Frans (Collège de France) oʻquv-tadqiqot muassasasi olimasi, filologiya va tarix fanlari doktori, «Imom Buxoriy» xalqaro stipendiyasi sovrindori
Kollej de Frans (Collège de France) tadqiqotchisi Dr. Mari Eftimiyu Markaziy Osiyo qoʻlyozmalari kodikologiyasi boʻyicha seminar-trening tashkil etmoqda.
Mazkur seminar-trening ikki kunga moʻljallangan boʻlib, uning dasturidan qoʻlyozma tarkibi (qogʻozi, jildi, boʻyogʻi, formati)ni oʻrganish boʻyicha darslar, qoʻlyozmalar fondida saqlanayotgan kitoblar bilan tanishish hamda Samarqand davlat muzey-qoʻriqxonasiga tashrif o‘rin olgan.
Mari Eftimiyu qoʻlyozma madaniyati tarixi va kodikologiyasi, Islom sanʼati yoʻnalishida ilmiy izlanishlar olib borish bilan birga manbalar bilan ishlash boʻyicha kodikologiya loyihasi faol ishtirokchisi.
«Kavkaz, Eron: tillar, arxeologiya, madaniyatlar», «Oʻrta asrlar va zamonaviy Markaziy Osiyoda qogʻoz ishlab chiqarish jarayonlari», «Oʻrta asrlar va zamonaviy Armanistonda bukmekerlik jarayonlari» kabi ilmiy loyihalarda qatnashgan.
«Markaziy Osiyo qogʻozlari, texnikasi va transferlari», «Oʻrta Osiyoda XVI-XX asrlarda qoʻlyozmalar tarixi» kitoblari, «Fransiya Markaziy Osiyo tadqiqotlar instituti fondidagi qoʻlyozmalar inventarizatsiyasi» toʻplami katalogi muallifi.
Fransiya, Germaniya, B.Britaniya, Livan kabi davlatlarda qoʻlyozma va kodikologiya yoʻnalishida tashkil qilingan 10 dan ortiq xalqaro seminar va konferensiyalar ishtirokchisi hamda tashkilotchisi. Ingliz, arab, rus, fors tillarini biladi.
👨🏫 Seminarda qoʻlyozmalar bilan shug‘ullanuvchi tadqiqotchi, doktorant va barcha qiziquvchilar taklif etiladi.
☎️ Murojaat uchun telefon: +998937277773