Home / FOTO LAVHALAR / Targʻibot tadbiri Qamashida boʻldi

Targʻibot tadbiri Qamashida boʻldi

Bugun, 29-fevral kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimlaridan iborat targʻibot guruhi tomonidan Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida madaniy-maʼrifiy uchrashuv oʻtkazdi.

Unda Qamashi va Gʻuzor tumanlari rahbarlari va ijtimoiy soha vakillari, davlat tashkilotlarining joylardagi boʻlimlari mutasaddilari, mahalla raislari, hududlardagi hokim yordamchilari, mahalla xotin-qizlar faollari, diniy soha olimlari, maktabgacha taʼlim muassasalari mudirlari, umumtaʼlim maktab direktorlari va ularning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari ishtirok etdi.

Tadbirda soʻz olgan Qamashi tumani hokimi Xurshid Usmonov allomalarimiz ilmiy merosi yuksak maʼrifiy ahamiyatga ega ekanini, oʻtkazilayotgan maʼnaviy suhbatlar islomning asl mohiyati, ilm olishning fazilati haqida kengroq tushuncha berib, insonning maʼnaviy jihatdan yanada kamol toptirishga xizmat qilishini qayd etdi.

Targʻibotchilar “Buyuk allomalarimiz ilmiy merosida yuksak insonparvarlik gʻoyalari tarannumi”, “Yoshlarimizni yot oqimlarning buzgʻunchi gʻoyalaridan himoya qilish” va “Yangi Oʻzbekistonda diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar” mavzularida maʼruzalar qildi.

Ishtirokchilarga “Jaholatga qarshi maʼrifat – asosiy maqsadimiz” nomli film namoyish qilinib, markazlar tomonidan nashr etilgan yangi kitob va risolalar taqdimoti tashkil etildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Magʻrur hilpirayver, yurtim bayrogʻi!

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida 18-noyabr kuni xodimlar ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganiga …