Home / FOTO LAVHALAR / TALABALAR ISHTIROKIDA TURKUM TADBIRLAR

TALABALAR ISHTIROKIDA TURKUM TADBIRLAR

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida talaba-yoshlar uchun “Oʻzbekiston – millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglik yurti” mavzusida ilmiy-maʼrifiy tadbir tashkil etdi.

Mamlakatimizda davom etayotgan “Bagʻrikenglik haftaligi” doirasida oʻtkazilgan tadbirda ilmiy xodimlar J.Jumayev va B.Mahmudov yigʻilganlarga mamlakatimizda dinlararo tolerantlik, etnik hamjihatlik, eʼtiqod va vijdon erkinligini taʼminlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar, koʻrilayotgan chora-tadbirlar va amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlar haqida maʼlumot berdi.

Darhaqiqat, yurtimizda istiqomat qilayotgan turli din vakillariga diniy marosimlarini oʻtkazish va jamiyat hayotida faol ishtirok etish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Bu borada Oʻzbekiston oʻziga xos tajriba toʻplagan. Bu, shubhasiz, mamlakatimizdagi barqaror tinchlik-osoyishtalik muhitida oʻz ifodasini topmoqda.

Maʼruzachilar talabalarning savollariga atroflicha javob qaytardi.

Shuningdek, haftalik doirasida mazkur institut talabalarining Markazga ekuskursiyasi tashkil etildi. Ekskursantlar Markaz muzeyidagi har bir eksponatni yaqindan oʻrganib, kutubxona faoliyati bilan tanishdi.

Ekskursiya davomida talabalar bilan “Ajdodlar merosi – yoshlarga ibrat” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi. Allomalarimiz hayoti va ilmiy merosi boʻyicha viktorina tashkil etilib, gʻoliblar Markaz nashrlari bilan taqdirlandi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Markazda badiiy film suratga olinmoqda

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida indoneziyalik bir guruh kinoijodkorlar tomonidan “Hijrat orzusi” nomli badiiy filmning …