Home / FOTO LAVHALAR / Jizzaxda seminarlar davom etmoqda

Jizzaxda seminarlar davom etmoqda

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining Jizzax viloyatidagi navbatdagi oʻquv seminari Paxtakor, Doʻstlik, Zafarobod, Arnasoy, Mirzachoʻl, Gʻallaorol va Baxmal tumanlarida faoliyat olib borayotgan imom-xatib va noiblar uchun tashkil etildi.

  

Markaz ilmiy xodimi Bayozxon Mahmudov yot mafkuralar taʼsirining oldini olishga oid mavzular doirasida diniy ekstremizm va radikalizmga qarshi aholi, ayniqsa, yoshlarda mustahkam immunitetni shakllantirishda diniy soha vakillarining oʻrni, ularning oʻzi ishlayotgan hududlarda ogohlikni yanada oshirish va internet orqali tarqatilayotgan turli maʼlumotlarga qarshi munosib raddiya berish koʻnikmalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maʼruza qildi.

 

Viloyatda oʻquv tadbirlari davom etmoqda.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Magʻrur hilpirayver, yurtim bayrogʻi!

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida 18-noyabr kuni xodimlar ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganiga …