Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Turkiya Tarixchilar jamiyati rahbari prof. dr. Yuksel Oʻzgen va Turkiya Respublikasining Madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi Otaturk madaniyat, til va tarix oliy organi rahbari Derya Oʻrzdan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.
Mehmonlar Markaz direktori Shovosil Ziyodov hamrohligida muzey faoliyati bilan tanishdi. Imom Buxoriy hayoti va ilmiy-maʼnaviy merosidan soʻzlovchi eksponat va qoʻlyozma nusxalari, devoriy suratlar ularda katta qiziqish uygʻotdi.
Delegatsiya aʼzolari Markazda samarali ilmiy faoliyat uchun yaratilgan qulay sharoitlarni mamlakatimizda ilm va maʼrifat sohasiga qaratilgan yuksak eʼtibor namunasi sifatida eʼtirof etib, istiqbolda mustahkam hamkorlik aloqalarini oʻrnatish istagini bildirdi.
Muloqot chogʻida qisqa fursatda ilmiy muassasalar oʻrtasida hamkorlikka oid Anglashuv memorandumi loyihasi yuzasidan muzokaralar oʻtkazishga kelishib olindi.