Home / FOTO LAVHALAR / Markaz targʻibotchilari – Samarqand shahri mahallalarida

Markaz targʻibotchilari – Samarqand shahri mahallalarida

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi targʻibot guruhlarining “Jaholatga qarshi – maʼrifat” shiori asosidagi maʼnaviy-maʼrifiy yana bir tadbiri 29 avgust kuni Samarqand shahrida oʻtkazildi.

 

Targʻibotchilar bu koʻhna va navqiron kentdagi “Maʼrifat”, “Koʻkmasjid”, “Bunyodkor”, “Galaosiyo”, “Davlatshoh Samarqandiy” va “Oʻzbekiston” MFYlari ahli bilan dinning asl mohiyati, islomning bagʻrikenglik va insonparvarlik gʻoyalari va mafkuraviy immunitetni kuchaytirish choralari xususida suhbat qurdi.

 

Markaz ilmiy xodimlari soʻnggi bir necha kun davomida Samarqand viloyatining Oqdaryo, Payariq, Bulungʻur, Samarqand, Jomboy, Ishtixon, Qoʻshrabot, Paxtachi, Toyloq, Urgut, Kattaqoʻrgʻon, Narpay, Pastdargʻom tumanlari, Kattaqoʻrgʻon va Samarqand shaharlaridagi 100 dan ziyod mahalla ahli bilan 90 ga yaqin uchrashuv oʻtkazdi. Bu tadbirlarda 4 yarim mingdan ziyod hamyurtimiz qamrab olindi, barcha muloqotlar OAVda faol yoritib borildi.

   

Mahalla faollari fikriga koʻra, joylarda oʻtkazilayotgan bunday uchrashuvlar ham odamlar, ham davlat va jamiyat uchun birdek manfaatlidir. Tadbirlarda hamyurtlarimiz oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, ularning umumiy saviyasi oshyapti, dunyoqarashi kengayib, jipsligi yanada mustahkamlanmoqda. Bunday birdamlik esa jamiyat va davlat taraqqiyotida muhim oʻrin tutadi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Markazda badiiy film suratga olinmoqda

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida indoneziyalik bir guruh kinoijodkorlar tomonidan “Hijrat orzusi” nomli badiiy filmning …