Home / MAQOLALAR / INSON ZOTI MUHTOJ BOʻLADIGAN ILMLARNING BARCHASINI BILSA BOʻLADIMI?

INSON ZOTI MUHTOJ BOʻLADIGAN ILMLARNING BARCHASINI BILSA BOʻLADIMI?

 Muhammad ibn Abu Hotim aytganlar: “Imom Buxoriy: “Inson zoti muhtoj boʻlgan ilmlarning bari Qurʼon va hadisda bor”, – dedilar. “Buning hammasini bilib boʻladimi?” – deb soʻradim. “Albatta, bilib boʻladi”, – deb javob berdilar”.

   Muhammad ibn Abu Hotim aytganlar: «Hofiz Rajo Imom Buxoriyning huzurlariga kelib: “Mening kelishimning xabari sizga yetsa-da tayyorgarlik koʻrmabsiz. Nima haqda munozara qilasiz?” – deb soʻradilar. Buxoriy: “Hech narsani takrorlaganim yoʻq, hech qanday tayyorgarlik ham qilganim yoʻq. Agar siz mendan biror narsani soʻramoqchi boʻlsangiz, soʻrayvering”,   dedilar.

   Keyin ikkovlari munozarani boshladilar. Rajo hayratdan qayerda ekanliklarini unutib qoʻydilar. Imom Buxoriy: “Yana savolingiz bormi?” – deb soʻradilar. Rajo uyalgan va tortingan holatda: “Ha, bor”, – dedilar. Buxoriy: “Unday boʻlsa, soʻrang”, – dedilar. Rajo oʻn uchta Ayub ismli roviyning nomini zikr qildilar. Buxoriy biroz jim turdilar-da soʻngra: “Koʻp narsani jam qilibsiz”, – dedilar. Rajo bu kishini bir bobda boʻlsa ham qoyil qoldirdim, deb oʻylab Buxoriyga: “Ey Abu Abdulloh, koʻp ilmdan mahrum boʻlibsiz”, – dedilar. Imom Buxoriy Ayubdan rivoyat qilingan oltmishdan ortiq roviyni aytib berib, Rajo sanagan oʻn uchta roviyning yetti-sakkiztasini zaifga chiqardilar.

   Rajo: “Qora salla haqida qancha hadis rivoyat qilgansiz?” – deb soʻradilar. Buxoriy: “Siz qancha rivoyat qilganingizni ayting”, – dedilar… Oʻshanda Buxoriy: “Men qirqtaga yaqin hadis rivoyat qilganman”, – dedilar. Rajo xijolat tortib, tillari gapga kelmadi».

Manba: “Mashhur daholar siyrati” (Siyaru aʼlamin nubalo) kitobidan

Check Also

OʻZINGIZNI QATʼIYATLI BOʻLISHGA TAYYORLANG!

(Bir hadis sharhi) Dinimiz inson shaxsiyatini shakllantirishda aqlga tayanish, odamlarga koʻr-koʻrona taqlid qilmaslik, har bir …