Markaz ilmiy xodimlarining Jizzax viloyatidagi targʻibot safari bugun asosan Zomin tumanida davom etdi.
Tumandagi “Gʻafur Gʻulom” MFYda dinning asl mohiyati xususida tushuntirishlar berildi.
“Taraqqiyot” MFY ahliga islomning bagʻrikenglik va insonparvarlik gʻoyalari haqida maʼlumotlar taqdim etildi.
“Navbahor” MFYda oʻtgan tadbirda mafkuraviy immunitetni kuchaytirish choarlari xususida soʻz yuritildi.
Tumanidagi “Qayirma” MFYda yigʻilganlar bilan islomning sofligini saqlash, jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashish ahamiyati borasida fikr almashildi.