Maʼlumki, Asosiy qomusimiz qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan davlatimiz rahbari tomonidan “Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishonini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilingan edi. Mazkur esdalik nishoni bilan mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy, maʼnaviy salohiyatini yuksaltirish, tinchlik va barqarorlik, millatlararo doʻstlik va totuvlikni asrash, Yangi Oʻzbekistonda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, yosh avlodni qonunga hurmat, Vatanga mehr va sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga munosib hissa qoʻshib kelayotgan bir guruh yurtdoshlarimiz qatorida:
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Shovosil Ziyodov;
Markaz bosh yuristkonsulti Bekzod Karimov;
Markaz ziyorat turizmini rivojlantirish boʻlimi ilmiy xodimi Yorqin Baymatov ham taqdirlandi.
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligiga bagʻishlab “Bosh qomusimiz – adolat mezoni” mavzusida oʻtkazilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda mukofotlanganlarga esdalik nishonlari tantanali tarzda topshirildi.
“Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni barcha sohiblarini Markaz jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz!